Angliya Premer-ligasining 32-turida “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Liverpul”ni qabul qildi.
Mehmon jamoa hujumchisi Muhammad Saloh 84-daqiqada penaltidan to‘p kiritib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Bu gol misrlik futbolchisi nomini “Olt Trafford” tarixiga muhrladi.
Muhammad Saloh “Manchester Yunayted”ning uy arenasida mezbonlar darvozasini eng ko‘p ishg‘ol qilgan raqibga aylandi. Salohning bu arenada kiritgan gollari soni oltitaga yetdi.
Avvalgi rekord “Liverpul” vakili Stiven Jerrardga tegishli edi. oSbiq futbolchi “Old Trafford”da beshta gol urgan.
Muhammad Saloh joriy mavsumda barcha turnirlarda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 23 marotaba ishg‘ol qilgan va 13 marta jamoadoshlariga golli pas uzatgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Bog‘, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlovchi hujjat loyihasi ishlab chiqildi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Britaniyada davlat idoralari o‘z xodimlariga mamlakat bo‘ylab parvozlarni taqiqlashni boshladi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Rossiya Ukrainaga “zudlik bilan” mahbuslarni almashishga tayyorligini bildirdi
Netanyaxu Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi