19:30 / 10.04.2024
477

“Bavariya” masalasi yana ko‘tarildi. Fayzullayev va SSKA munosabat bildirdi

“Bavariya” masalasi yana ko‘tarildi. Fayzullayev va SSKA munosabat bildirdi
O‘tgan yilning avgust oyida “Paxtakor”dan SSKAga transfer qilingan Abbosbek Fayzullayev Rossiya Premer-ligasida favqulodda zo‘r o‘ynab ketdi.

Qisqa fursatda “armiyachilar” yetakchisiga aylangan 20 yoshli hujumkor futbolchimiz 2024 yilning boshida Qatar mezbonlik qilgan Osiyo kubogida ham jarohati tufayli musobaqaga kela olmagan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va to‘purari Eldor Shomurodov o‘rniga yetakchilikni o‘z zimmasiga oldi.

Ana shu muvaffaqiyatlar ortidan ommaviy axborot vositalarida Abbosbek Fayzullayevga Yevropa tomonlardan qiziqish bo‘layotgani, xususan, Bundesliganing amaldagi chempioni “Bavariya” uni kuzatayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Rossiya ommaviy axborot vositalari yana shu mavzuni ko‘taryapti. Nufuzli manbalardan biri sport24.ru sayti jurnalisti Andrey Babich Abbosbek Fayzullayevga quyidagi savol bilan murojaat qildi:

— Abbos, sen “Bavariya”ni yana chempionlikka qaytarishga tayyormisan?
— Men hozir SSKA o‘yinchisiman va bor e’tiborimni Rossiya chempionatidagi o‘yinlarga qaratganman, - deb javob qaytardi legionerimiz.

Fayzullayevning faoliyatini alohida e’tibor bilan kuzatib borayotgan matchtv.ru sayti jurnalistlari mazkur mavzu bo‘yicha SSKA bosh murabbiyi Vladimir Fedotov fikrini so‘radi:

— Abbos “Bavariya”ga chempionlikni qaytarib bera oladimi?
— “Bavariya” bu ajoyib yechim, albatta. Lekin ruxsatingiz bilan faqat SSKA haqida gapiraman. Fayzullayev, eng avvalo, shu yerda o‘zini ko‘rsatishi va jamoamizga yordam berishi kerak, - dedi Vladimir Fedotov.

Abbosbek Fayzullayev SSKAga ko‘chib o‘tganidan beri barcha turnirlarda 23 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga to‘qqizta golli pas uzatdi.

Shuningdek, o‘tgan yozdan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosiga aylangan hujumkor futbolchi xalqaro miqyosda 15 ta o‘yinda o‘z hisobiga to‘rtta gol va bitta assist yozdirib qo‘ydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Bavariya” masalasi yana ko‘tarildi. Fayzullayev va SSKA munosabat bildirdi