Eldor Shomurodov keyingi paytda yuqori diviziondagi joyini saqlab qolish uchun jiddiy kurash olib borayotgan “Kalyari” klubining xaloskoriga aylanib bormoqda. Aslida legionerimiz huquqiy jihatdan “Roma”ga tegishli ekanini hammamiz yaxshi bilamiz.
Sardiniyaliklar uni 1 million yevro to‘lab, bir mavsumga ijaraga olgan. “Kalyari”da yana 9 million yevro evaziga Shomurodovni to‘liq transfer qilish huquqi ham bor.
Eldor Sardiniyaga kelganidan keyin anchagacha o‘zini ko‘rsata olmadi. Klub rahbariyati qishki transferlar vaqtida hujumchimizdan voz kechmoqchi ham bo‘ldi.
Biroq seleksiya xizmati yangi hujumchi topa olmagani, tarkibdagi oldingi chiziq vakillarining aksariyatida jarohat kuzatilayotgani bois, bosh murabbiy Klaudio Raneri o‘zbek futbolchisini ketishiga ruxsat bermadi.
Tajribali murabbiyning bu qarori qisqa fursatda o‘zini oqladi. Jarohatidan tuzalib maydonga qaytgan Eldor jamoasiga katta foyda keltiryapti va “Kalyari”ning 13-o‘ringa ko‘tarilib olishiga xizmati singdi.
“Kalyari” klubi faoliyatini muntazam yoritib kelayotgan calciocasteddu.it sayti jamoa muxlislari o‘rtasida maxsus so‘rov o‘tkazdi. Ushbu nashr muxlislar hukmiga “Shomurodov transferini to‘liq sotib olishga loyiqmi?”, degan savolni tashladi.
So‘rov hali davom etmoqda. Hozirgi natijalar Eldor Shomurodov muxlislar ishonchini va simpatiyasini qozonib bo‘lganini ko‘rsatmoqda.
So‘rovnomada ishtirok etayotganlarning 75 foizi o‘zbek hujumchisini jamoada olib qolish kerak, degan fikrni qo‘llab-quvvatlamoqda. Qolganlari esa, legionerning o‘yinini mavsum oxirigacha kuzatish lozim, degan qarashga ega.
Eldor Shomurodov joriy mavsumda A Seriyada jami 16 ta uchrashuv o‘tkazib, ikkita gol va uchta assist muallifi bo‘ldi. Legionerimiz umumiy hisobda maydonda 555 daqiqa o‘ynagan.
“Kalyari” navbatdagi uchrashuvni 14 aprel kuni Milan shahrida chempionat peshqadami “Inter”ga qarshi o‘tkazadi. Eldor Shomurodov bu uchrashuvda ham boshlang‘ich tarkibga kiritilishi kutilyapti. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Bog‘, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlovchi hujjat loyihasi ishlab chiqildi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Britaniyada davlat idoralari o‘z xodimlariga mamlakat bo‘ylab parvozlarni taqiqlashni boshladi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Rossiya Ukrainaga “zudlik bilan” mahbuslarni almashishga tayyorligini bildirdi
Netanyaxu Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi