
Xabaringiz bor, 14 aprel kuni Toshkentda IBA chempionlar oqshomi bo‘lib o‘tadi. Markaziy jangda chempionlik uchun Hasanboy Do‘smatov ispaniyalik Samuel Karmonaga qarshi ringga ko‘tariladi.
Shuningdek, Bahodir Jalolovning Xorvatiya vakili Agron Smakichi bilan jangi ham o‘rin olgandi. Biroq, Jalolov ishtirokidagi jang bekor qilingan. Bunga bokschimizning o‘zi oydinlik kiritdi.

"Assalomu alaykum! Barchangizga Ramazon Hayiti muborak bo‘lsin. Sizlarga 14 aprel kungi jangim bekor bo‘lganini xabar qilmoqchiman. Hammasi Allohdan, buyog‘iga asosiy e’tibor oldinda turgan Parij olimpiya o‘yinlariga qaratiladi. InshaAllah biz buni uddalaymiz. Meni har qanday holatda ham qo‘llab-quvvatlab turgan barchangizga kattakon rahmat." “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar