A Seriyada qolish uchun kurashayotgan “Kalyari” keyingi paytda katta o‘sishga erishdi. Jamoaga haqiqiy foyda keltirayotgan o‘yinchilardan biri Eldor Shomurodov ekani e’tirof etilmoqda.
Italiyaning eng mashhur nashrlaridan La Gazzetta dello Sport gazetasi musobaqa peshqadami "Inter" bilan bo‘ladigan uchrashuvdan oldin sardiniyaliklarning qahramoniga aylanib borayotgan o‘zbek legioneridan intervyu oldi.
A Seriyada qolish uchun kurash haqida
Biz oldimizda qolgan o‘yinlarning barchasini o‘tgan yakshanba kuni “Atalanta”ga qarshi o‘ynaganimizdek o‘tkazishga harakat qilamiz. He qachon taslim bo‘lmaymiz va bo‘shashmaymiz. Bugundan boshlab, 26 maygacha bo‘ladigan har bir uchrashuv finalga teng bo‘ladi.
“Inter” haqida
Men hech qachon “Inter”ga gol urmaganman. Lekin ularga qarshi o‘ynaganman. Bu jamoa juda kuchli, shuning uchun ham ular musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Lekin bizning ham o‘zimizga xos jihatlarimiz bor va shu orqali ochko ishlab olishga harakat qilamiz.
Menga “Inter”dagilardan Genrix Mxitaryan yoqadi. Armanistonlik futbolchi bilan rus tilida muloqot qilamiz. U juda kuchli ijrochi, xotirjam va aql bilan o‘ynaydi. Mxitaryan jamoa uchun ko‘p narsa qiladi. “Roma”ga o‘tganimda u menga katta yordam bergan.
“Roma” haqida
“Roma”dagi ishlarimning hammasi ham men o‘ylaganchalik kechmadi. Lekin o‘zim ham maydonda shiddatli va qat’iyatli bo‘lishim kerak edi. Rim ajoyib shahar, fantastik darajadagi muxlislarga ega.
Boshqa jamoalarning qiziqishi haqida
Qishki transferlar vaqtida bir necha jamoalar agentlarim orqali menga qiziqish bildirgani rost. Chorlovlar bor edi, men qolishni istadim.
Jarohatim menga uzoq muddat maydonga tushish imkonini bermadi. Lekin bu ham yaxshilikka. Chunki bu holat maydonga to‘g‘ri ishtiyoq bilan qaytishimga yordam berdi. Hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman.
Dubl haqida
“Salernitana”ga ikkita gol urganimdan katta qoniqish hosil qildim. Zito Luvumbo maydonda ko‘p yuguradi, mening esa, tezligim katta.
Men hujum chizig‘ida bir necha pozitsiyada o‘ynay olaman. Markaziy hujumchi sifatida ham o‘ynashim, chap qanotga ko‘chib o‘tishim ham mumkin.
Klaudio Raneri haqida
Agar Klaudio Raneri qo‘l ostida o‘ynamoqchi bo‘lsang o‘zingni to‘liq bag‘ishlashing kerak. Agar u sening tayyor ekaningni va bor imkoningni ishga solayotganingni ko‘rsa, albatta maydonga tushiradi. Men mana shularni o‘rgandim. Hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman va maydonga tushyapman.
Faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi haqida?
“Kalyari”da qolamanmi yoki “Roma”ga qaytamanmi, hozircha bu haqida gapirishga ancha erta. Bu masalani chempionat yakunlanganidan keyin hal qilamiz. Men, rafiqam va ikki farzandim bu yerda baxtiyormiz, shahar juda sokin. Boris Radunovich bilan ancha do‘stlashib oldim. Bu yerga kelib, baliq iste’mol qilishga ko‘nikdim, avval uni ko‘p yemasdim. Bu yerda hammasi ajoyib.
Yangi o‘yinchilar haqida
Yanvarda Yerri Mina va Janluka Gaetano safimizga qo‘shildi. Gaetano yaxshi sifatlarni mujassam etgan. Mina esa, himoya chizig‘ining haqiqiy yetakchisi hisoblanadi. Jamoamiz birdam va biz A Seriyadagi o‘rnimizni saqlab qola olamiz. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Qurolli kuchlari komandiri mojaro haqida dahshatli prognoz qildi
Turk aktyorlarining tomoshabinlar yodida qolgan eng mashhur rollari
Shahram G‘iyosovning Eymantas Stanionisga qarshi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Ro‘ziqul Berdiyev: "12 ta mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgandik, hozir esa ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyat"
2025 yili 2 mln gektardan ziyod yerda meva-sabzavot, dukkakli va poliz mahsulotlari ekiladi