Rossiya Premer-ligasining 24-turida markaziy uchrashuvlar biri “Lokomotiv” va SSKA o‘rtasida kechadi. Abbosbek Fayzullayev boshlang‘ich tarkibda maydonga tushishi kutilayotgan bu bahs o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari uchun ham qiziq ekanini alohida ta’kidlash lozim.
Sovrinli o‘rinlar uchun kurashayotgan har ikki jamoa kuchli uchlik ostonasida joylashgan. Deyarli bir xil ko‘rsatkichga ega. Lokomotiv” ham, SSKA ham to‘qqiztadan g‘alaba va durang, to‘rttadan mag‘lubiyat qayd etgan, 28 tadan to‘p o‘tkazgan va 36 tadan ochko jamg‘argan. Faqat birgina farq “armiyachilar” kiritgan gollar soni beshtaga ko‘p – 40 ta.
Uchrashuv oldidan “Lokomotiv”ning sobiq bosh murabbiyi Anatoliy Bishoves jamoalar imkoniyatini tahlil qilib berdi.
— SSKA oxirgi uchrashuvda “Fakel”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi va buni qaysidir ma’noda yutuq, deyishimiz mumkin. Chunki Tashuyev qo‘l ostida voronejliklar osonlikcha taslim bo‘lmaydigan jamoaga aylandi.
O‘sha bahsda “armiyachilar” ancha harakatchan va hujumkor o‘yin ko‘rsatib, raqibning himoya chizig‘iga juda ko‘p muammo tug‘dirdi.
“Lokomotiv”da bosh murabbiy Mixail Galaktionovning bayonotidan keyin uning o‘ziga ham, jamoaning ichki muhitidagi holat bo‘yicha ham turli savollar kelib chiqmoqda. Lekin shunga qaramay, “temiryo‘lchilar”da yaxshigina salohiyat bor, jamoa yaxshi saviyadagi o‘yinchilarni jamlagan.
Biroq har doim ham o‘z ustunligingdan foydalana olmaysan. Bu jamoada katta tajribaga ega bo‘lgan o‘yinchilar yetarli emas.
Men bu to‘qnashuvda SSKA ustunlikka ega, deb o‘ylayman. Bu birinchi navbatda, himoya chizig‘ining mustahkamligi bilan bog‘liq. Qo‘shimchasiga “armiyachilar” Abbosbek Fayzullayevning kelishi bilan hujum chizig‘ida rang-barang yechimlar qiladigan jamoaga aylandi.
Shuning uchun ham “Lokomotiv” maydonning raqib joylashgan tomonida faolroq o‘ynashi kerak. Ana o‘shanda ular muvaffaqiyatga umid qilishi mumkin, - dedi Anatoliy Bishoves.
Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi Abbosbek Fayzullayev o‘tgan yili avgustda SSKAga ko‘chib o‘tganidan keyin qisqa fursatda jamoaning asosiy figuralaridan biriga aylandi.
20 yoshli hujumkor futbolchimiz Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogida hozirgacha 23 ta uchrashuvda qatnashib, uchta gol va to‘qqizta assist qayd etgan.
“Lokomotiv” va SSKA uchrashuvi 13 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi