
Rossiya Premer ligasi 23-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - SSKA bahsi bo‘lib o‘tdi va unda 3:3 hisobidagi durang qayd etildi.
Abbosbek Fayzullayev uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. Legionerimiz deyarli barcha golda qatnashdi: Tamerlan Musayevning goliga assistentlik qildi, Anton Zabalotniyning golida aynan Abbosning zarbasidan so‘ng to‘p sherigiga kelib tushdi. Uchinchi golda ham burchak zarbasini aynan o‘zbekistonlik futbolchi ijro etdi.
Shu tariqa, "armiyachilar" kambek amalga oshirdi.
"Whoscored" portali talqiniga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchining o‘yini 8.1 ballga loyiq ko‘rildi.

"SofaScore" esa 7.9 ball bilan baholadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar