Futbol bo‘yicha Bundesliganing 29-turi doirasida “Bayer” 14 aprel, yakshanba kuni “Verder”ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 25-daqiqasida Viktor Bonifase penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim leverkuzenliklarning kichik hisobdagi ustunligida yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda ham “Bayer” faollik ko‘rsatib, hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. Bu safar gol muallifi — Granit Jaka. 68-daqiqada esa Virs jamoasining yirik hisobda oldinga chiqib olishiga yordamlashdi.
O‘yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolganida Virs yana ikki marta gol urdi va yakunda Xabi Alonso shogirdlari 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa “Bayer” ochkolari sonini 79 taga yetkazdi va o‘z tarixida ilk bor Germaniya chempioniga aylandi. Undan keyingi o‘rinda borayotgan “Bavariya” (63 ochko) hech qanaqisiga yetib ololmaydi.
Bundesliga 29-tur
14 aprel, yakshanba
“Bayer” – “Verder” 5:0
Gollar: 1:0 – 25 Bonifase (penalti), 2:0 – 60 Jaka, 3:0 – 68 Virs, 4:0 — 83 Virs, 5:0 — 90 Virs.
“Bayer”: Gradeski, Ta, Tapsoba, Kossunu, Inkapie (Grimaldo, 77), Tella (Frimpong, 62), Jaka (Palasios, 77), Hofmann, Andrix, Adli (Virs, 46), Bonifase (Shik, 62).
“Verder”: Setterer, Vayzer, Velkovich, Malatini, Gross, Agu (Deman, 69), Bitenkur (Hansen-Oroen, 77), Linen, Shmid, Duksh, Voltemade (Kovnaski, 69).
Ogohlantirishlar: Adli (31), Bitenkur (47), Inkapie (47). “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi