A Seriya qizg‘in pallaga kirdi. Garchi “Inter” chempionlikni deyarli naqd qilgan bo‘lsa-da, Chempionlar ligasining qolgan yo‘llanmalari uchun kurash jiddiy kechmoqda.
Ayniqsa, yuqori diviziondagi joyini saqlab qolish uchun kechayotgan raqobat ko‘plab muxlisu mutaxassislar e’tiborini tortmoqda. Jami sakkizta jamoa quyi ligaga tushib ketish xavfidan qutilib qolishga harakat qilyapti.
Chempionatning katta qismida xavfli hududda borgan “Kalyari” nihoyat yuqoriga ko‘tarila boshladi. Klaudio Raneri shogirdlari so‘nggi sakkizta uchrashuvdan faqat bittasida mag‘lubiyatga uchratdi, qolgan o‘yinlarning uchtasini o‘z foydasiga hal qildi, to‘rttasida durang natija qayd etdi.
E’tiborlisi, sardiniyaliklar amaldagi chempion “Napoli”, joriy mavsum peshqadami “Inter”dan bittadan ochko oldi, Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashayotgan “Atalanta”ni mag‘lub etishni uddaladi.
“Kalyari”ning so‘nggi bellashuvlardagi muvaffaqiyatlarida Eldor Shomurodovning hissasi katta bo‘lmoqda. Legionerimiz so‘nggi beshta o‘yinda to‘rtta samarali harakatni amalga oshirib, uchta gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.
28 yoshli o‘zbek hujumchisining “Inter” darvozasini ishg‘ol qilgani “Kalyari” futbolchilarining “San-Siro”dan bir ochko bilan qaytishiga asos bo‘ldi.
Endi Klaudio Raneri shogirdlarini “Yuventus”ga qarshi uchrashuv kutib turibdi. Italiya futbolini yoritayotgan L'Unione Sarda nashri birinchi sahifasidan joy berilgan “Bu ikkisidan ehtiyot bo‘ling” sarlavhali asosiy maqolada bo‘lajak bahs oldidan turinliklarni “Kalyari” vakillari – Eldor Shomurodov va Nikolas Violadan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
Manbada Shomurodov va Violaning gollari “Kalyari”ning “Inter” maydonida bir ochko olib qaytigshiga xizmat qilgani, bu ochko Klaudio Raneri shogirdlari uchun juda muhim hisoblanib, sardiniyaliklarni xavfli hududdan 4 ochkoga uzoqlashtirgani va ayni paytda jamoa “Yuventus” bilan bo‘ladigan to‘qnashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotani haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Darhaqiqat, aksariyat mutaxassislar “Kalyari” murabbiylar shtabi “Yuventus”ga qarshi bo‘ladigan uchrashuvda ham boshlang‘ich tarkibda Eldor Shomurodovga imkon berishini ta’kidlamoqda.
“Kalyari” va “Yuventus” o‘rtasidagi o‘yin 19 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi