O‘zbekiston kubogi 1-turi yakunlariga ko‘ra, yuzaga kelgan 5 ta bahsli vaziyatlar yuzasidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Hakamlar qo‘mitasi qarori e’lon qilindi.
Unga ko‘ra:
1. Joriy yilning 13-aprel kuni O‘zbekiston kubogi H guruhi doirasida bo‘lib o‘tgan “Andijon” – “Dinamo” bahsi birinchi yordamchi hakami Ruslan Serazitdinov o‘yinda yo‘l qo‘ygan xatolari tufayli uchrashuv nazoratchisi tomonidan 7,4 (qoniqarsiz) bahosiga loyiq ko‘rildi. Unga ko‘ra, O‘FA Hakamlar qo‘mitasi tomonidan Ekspert-hakamlar komissiyasining chiqargan xulosasi, uchrashuv nazoratchisining qo‘ygan bahosi inobatga olingan holda Ruslan Serazitdinovga Hakamlar tartib-intizom kodeksining 2.3.3-bandiga muvofiq, barcha musobaqalardan 2024-yil 3-iyunga qadar, ya’ni Superliga bahslaridan 5 ta tur hamda O‘zbekiston kubogi bahslaridan 2 ta tur uchrashuvlariga chetlatish, o‘yin uchun belgilangan hakamlik maoshidan 75% miqdorida olib tashlash jarima-intizom chorasi qo‘llanildi;
2. O‘zbekiston kubogi H guruhi 1-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Navbahor” bahsi bosh hakami Temur To‘xtasinov o‘yinda yo‘l qo‘ygan xatolari tufayli uchrashuv nazoratchisi tomonidan 7,4 (qoniqarsiz) bahosiga loyiq ko‘rildi. Unga ko‘ra, O‘FA Hakamlar qo‘mitasi tomonidan Ekspert-hakamlar komissiyasining chiqargan xulosasi, uchrashuv nazoratchisining qo‘ygan bahosi inobatga olingan holda bosh hakamga Hakamlar tartib-intizom kodeksining 2.3.3-bandiga muvofiq, barcha musobaqalardan 2024-yil 3 iyunga qadar, ya’ni Superliga bahslaridan 5 ta tur hamda O‘zbekiston kubogidan 2 ta tur uchrashuvlariga chetlatish, o‘yin uchun belgilangan hakamlik maoshidan 75% miqdorida olib tashlash jarima-intizom chorasi qo‘llanildi;
3. O‘zbekiston kubogi D guruhi 1-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Zomin” bahsi bosh hakami Ibrohim Ismoilov o‘yinda yo‘l qo‘ygan xatolari tufayli uchrashuv nazoratchisi tomonidan 7,9 (qoniqarli) bahosiga loyiq ko‘rildi. O‘FA Hakamlar qo‘mitasi tomonidan bosh hakamga Hakamlar tartib-intizom kodeksining 2.3.1-bandiga muvofiq, barcha musobaqalarning 1 ta tur bahslaridan chetlatish, o‘yin uchun belgilangan hakamlik maoshidan 25% miqdorida olib tashlash jarima-intizom chorasi qo‘llanildi;
4. O‘zbekiston kubogi E guruhi 1-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv-BFK” – “Chig‘atoy” bahsi bosh hakami Akmal Rahimov o‘yinda yo‘l qo‘ygan xatolari tufayli uchrashuv nazoratchisi tomonidan 7,9 (qoniqarli) bahosiga loyiq ko‘rildi. O‘FA Hakamlar qo‘mitasi tomonidan bosh hakamga Hakamlar tartib-intizom kodeksining 2.3.1-bandiga muvofiq, barcha musobaqalarning 1 ta tur bahslaridan chetlatish, o‘yin uchun belgilangan hakamlik maoshidan 25% miqdorida olib tashlash jarima-intizom chorasi qo‘llanildi.
Manba: O‘zFHM “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi