15:54 / 17.04.2024
155

Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi. O‘zbekiston irodali tarzda Avstraliyani mag‘lub etdi

Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi. O‘zbekiston irodali tarzda Avstraliyani mag‘lub etdi
Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi guruh bosqich 1-turi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Avstraliya bilan kuch sinashdi. Unda vakillarimiz 3:2 hisobida zafar quchdi.

Dastlab, avstraliyaliklar safida Ueyd Jiovenali bellashuvda hisobni ochdi. So‘ng ikkinchi bo‘limda Akbar Usmonov hamda Dilshod Rahmatov (dubl) gol urishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yin yakuniga oz vaqt qolganda Tayler Garner "yashil qit’a vakillari"ning 2-goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa, hamyurtlarimiz ilk turda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. 2-turda O‘zbekiston terma jamoasi Iroqqa qarshi kuch sinashadi, bellashuv 19 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi.

O‘zbekiston — Avstraliya 3:2
Gollar
: 5 - Ueyd Jiovenali, 21 - Akbar Usmonov, 21 - Dilshod Rahmatov, 36 - Dilshod Rahmatov, 38 - Tayler Garner
O‘zbekiston: 12. Abbos Elmurodov, 4. Ixtiyor Ropiyev, 6. Ilhomjon Hamroyev, 8. Husniddin Nishonov, 9. Elbek To‘lqinov.
Zaxira: Anvarov, Botirov, Adilov, Jo‘rayev, Rahmatov (s), Usmonov, Axmetzyanov, Hudoyberdiyev, Berkinov.
Avstraliya: 1. Domenik Badolato. 5. Djordan Gerreyro, 6. Ueyd Djovenali, 8. Daniel Fornito, 10. Shervin Keshavars Adeli.
Zaxira: 2. Tayler Garner, 3. Adam Styuart Kuper, 4. Dominik Koks, 7. Skott Rogan, 9. Grant Linch, 11. Itan de Melo, 12. Aaron, 13. Maykl Kouta, 14. Djeymi Dib.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi. O‘zbekiston irodali tarzda Avstraliyani mag‘lub etdi