258
Shomurodov qaytgach «Yuve»dan ko‘proq ochko yig‘ayotgan «Kalyari». «Inter»dan keyin «Yuve» ham to‘xtatiladimi?
Foto: Getty images
Bugun, juma oqshomida Italiya A Seriyasi 33-turiga start beriladi. O‘tgan turda Milandan ochko bilan qaytgan «Kalyari» bu safar ham yetakchilardan biri «Yuventus»ga qarshi saf tortadi.
Shomurodov «Kalyari» qutqaruvchisiga aylanmoqda
Ushbu o‘yin oldidan Klaudio Raniyeri shogirdlari 31 ochko bilan 14-o‘rinda borayotgan bo‘lsa-da, ligada qolish uchun kurashda ta’qibchilaridan uzoqlashgani yo‘q. Sardiniya klubini turnir jadvalida xavfli zonadan 4 ochko ajratib turibdi. Shunga qaramay, Eldor Shomurodovning jarohatidan tuzalib qaytishi «Kalyari»ning A Seriyada qolishiga katta umid bermoqda. O‘zbekistonlik hujumchi safga qaytgach, 19-o‘rinda borayotgan Sardiniya jamoasi so‘nggi 6 o‘yinda 11 ochkoga ega chiqib, 14-pog‘onaga ko‘tarildi. Eldor esa bu bahslarda 3ta gol va 2ta assistga mualliflik qildi. Raniyeri shogirdlari so‘nggi bahslarda «Napoli», «Atalanta», «Inter» singari grand jamoalardan ochko olayotganini inobatga olsak, «Yuventus» ham Sardiniya orolida jiddiy qarshilikka duch kelishini taxmin qilish mumkin.
Kim qanday holatda?
A Seriya doirasidagi so‘nggi 5ta turni oladigan bo‘lsak, ligada qolish uchun kurashayotgan «Kalyari» 3-o‘rinda borayotgan «Yuventus»dan ko‘proq ochko jamg‘ardi. Sardiniyaliklar oxirgi 5 o‘yinda 2 g‘alaba va 2 durang qayd etib, 8 ochko jamg‘argan bo‘lishsa, Turin klubi o‘z hisobiga 6 ochko qo‘sha olgan. 4-o‘rindagi «Bolonya» «Yuve»dan 4 ochkoga ortda qolayotganini inobatga olsak, Massimiliano Allegri shogirdlari bu ketishda top-4dagi o‘rnini xavf ostiga qoldirishi ehtimoli borligini ko‘rish mumkin.
«Kalyari»ning so‘nggi 5 o‘yini:
Kalyari – Salernitana – 4:2
Monsa – Kalyari – 1:0
Kalyari – Verona – 1:1
Kalyari – Atalanta – 2:1
Inter – Kalyari – 2:2
«Yuventus»ning so‘nggi 5 o‘yini:
Yuventus – Atalanta – 2:2
Yuventus – Jenoa – 0:0
Latsio – Yuventus – 1:0
Yuventus – Fiorentina – 1:0
Torino – Yuventus – 0:0
Eldor «Yuve»ga qarshi ham asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda
Jarohati tufayli Osiyo kubogini o‘tkazib yuborgan Eldor Shomurodov «Salernitana»ga qarshi bahsda (4:2) zaxiradan maydonga tushib, dublga erishganidan keyin Klaudio Raniyeri 28 yoshli hujumchini so‘nggi 4 o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushirmoqda. Milliy jamoamiz to‘purari ham italiyalik mutaxassisning ishonchini oqlamoqda, deyish mumkin. Shomurodov «Atalanta»ga qarshi o‘yinda (2:1) assistni amalga oshirgan bo‘lsa, «Inter» bilan bahsda (2:2) «San-Siro»da ajoyib golga mualliflik qildi.
La Gazetta Della Sport «Kalyari» - «Yuventus» uchrashuvidan oldin jamoalarning taxminiy tarkibini tuzdi. Unga ko‘ra, nashr jurnalistlari Eldor Shomurodovning Turin klubiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushishini taxmin qilishmoqda.
A Seriya. 33-tur
19 aprel (juma)
Kalyari – Yuventus
O‘yin boshlanish vaqti: 23:45
TV-translyatsiya: MatchTV Futbol1. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi