A Seriyada qolish uchun kurashayotgan “Kalyari” Italiyaning yana bir qudratli jamoasi “Yuventus”dan ochko oldi. Aslida Klaudio Raneri shogirdlari turinliklarni quruq qo‘l bilan qaytarishga juda yaqin edi.
Sardiniyaliklar birinchi bo‘limda ikkita penaltini aniq bajarib, hisobda oldinga o‘tib olgan bo‘lsa-da, g‘alabani ushlab qola olmadi. “Yuventus” o‘yin oxirigacha hisobni tenglashtira oldi.
Eldor Shomurodov jami 79 daqiqa harakat qilib, maydondagi eng faol futbolchilardan bo‘ldi.
Uchrashuvni kuzatib borgan tuttomercatoweb.com sayti ekspertlari “Kalyari” futbolchilarining harakatlarini quyidagi baholadi.
Skaffet 5.5:
Umumiy darajasidan past o‘ynadi. Gollar kiritilgan vaziyatlarda jamoasini qutqara olmadi.
Xatsidiakos 6:
Raqib futbolchisi Kezani yaxshi qo‘riqladi.
Mina 6.5:
Himoyada mustahkam o‘ynadi. Biroq ayrim vaziyatlarda qo‘pol harakat qildi. Ikkinchi penalti belgilangan vaziyatda mas’uliyatni bo‘yniga olib, uni aniq bajardi.
Dossena 5:
Bu futbolchining boshi bilan bergan zarbasidan keyin to‘p raqib himoyachisining qo‘liga tegdi va penalti ishladi. Lekin o‘yin oxirida o‘z darvozasiga to‘p kiritib, g‘alaba boy berilishida asosiy aybdor bo‘ldi.
Nandes 6.5:
Yuqor tempda o‘ynadi. Futbolchining o‘yini muxlislarga ma’qul keldi va uni olqishlar bilan kuzatib qo‘yishdi.
Sulemana 6:
Bir bo‘lim yaxshi harakat qilgan futbolchi Raneri qaroriga ko‘ra, tanaffusdan keyin o‘rnini Pratiga bo‘shatib berdi.
Prati 6:
O‘z darajasida o‘ynadi, zarbasi bilan “Yuventus” darvozabonini bezovta qildi.
Makumbu 5.5:
Driblinglari bilan ajralib turdi, biroq xatolar ham kuzatildi.
Augello 6:
Kutilgan darajada o‘ynay olmadi. Shunga qaramay, turinliklar hujumchisi Veaga imkon bermadi.
Gaetano 6.5:
Hujum tashkil qilishda faollik ko‘rsatishga urindi. Biroq kamchiliklar ko‘zga tashlandi. Birinchi penaltini aniq bajardi. “Kalyari” tarkibida sakkizinchi uchrashuvida to‘rtinchi golini urdi.
Luvumbo 7:
To‘pni egallashi bilan raqib darvozasiga xavf sola boshladi. Ikkinchi penaltini ishladi.
Shomurodov 7:
Eldor “Yuventus” himoyasi yetakchisi Bremerni qiynab qo‘ydi. Bremer joriy mavsum davomida bunaqa holatga tushmagan edi. O‘zbek futbolchisi o‘tkir paslari bilan bir necha bor jamoadoshlarini qulay pozitsiyalarga chiqardi. Ikkinchi penalti aynan uning ajoyib pasidan keyin ishlandi. Shomurodov o‘zi ham darvozaga zarba berdi. Zarbalardan biri ustunga tegdi.
Klaudio Raneri 7:
Jamoani shiddatli o‘ynashini ta’minlab kelmoqda. Uning shogirdlari g‘alabani qo‘ldan chiqargan bo‘lsa-da, qimmatli ochko qo‘lga kiritildi. “Kalyari” ligada qolishga juda yaqin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi