21:46 / 21.04.2024
154

Vadim Abramov: "Chempionlar ligasida ham "Real Madrid" va "Manchester Siti" 3:3 o‘ynadi"

Vadim Abramov: "Chempionlar ligasida ham "Real Madrid" va "Manchester Siti" 3:3 o‘ynadi"
O‘zbekiston kubogining 2-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Nasaf" (3:3) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin haqida
- Albatta, o‘yinni ko‘rdinglar, muxlislarga yoqadigan va tomoshabop futbol bo‘ldi. Birinchi bo‘limda o‘yinimiz unchalik qovushmadi. Biroq, ikkinchi bo‘limda yigitlar xarakter ko‘rsatishdi va yorqin futbol namoyish etishdi.

- Guruhdagi vaziyat haqida fikringiz?
- Narigi uchrashuvda qanday natija qayd etildi?

- "Navbahor" g‘alaba qozondi.
- Tushunarli. Demak, hozir bizda 2 ta ochko bor va yaxshi guruhda yaxshi vaziyatga egamiz. Guruh bosqichidan chiqish yoki chiqmasligimiz "Navbahor" bilan o‘yindan so‘ng hal bo‘ladi.

- "Andijon" bilan ham, bugun ham jamoangiz ochiq futbol namoyish etdi. Bu sizning uchrashuvga tanlagan uslubingizmi?
- Chempionlar ligasida ham "Real Madrid" va "Manchester Siti" 3:3 o‘ynadi. Javob o‘yinida Madrid klubi himoyaviy uslub tanlab natijaga erishdi. Futbolda shunaqa o‘yinlar uchrab turadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: "Chempionlar ligasida ham "Real Madrid" va "Manchester Siti" 3:3 o‘ynadi"