Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 33-turida “Inter” 22 aprel, dushanba kuni “Milan”ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 18-daqiqasida Franchesko Acherbi hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi bo‘lim “nerazzuri”ning kichik ustunligi bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘lim boshida “Inter” futbolchisi Markus Tyuram hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. 80-daqiqada Tomori hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Qolgan daqiqalarda darvozalar daxlsiz qoldi va “Inter” ushbu uchrashuvda 3 ochkoni o‘ziniki qildi.
Shu tariqa Simone Inzagi shogirdlari ochkolari sonini 86 taga yetkazdi va Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Bugungi o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan “Milan” 2-o‘rinda va uning hisobida 69 ochko mavjud.
“Milan” — “Inter” 1:2
Gollar: 0:1 – 18 Acherbi, 0:2 – 49 Tyuram, 1:2 – 80 Tomori.
“Milan”: Menyan, Kalabriya, Tomori, Gabbiya, Ernandes, Loftus-Chik (Chukvueze, 68), Pulishich, Adli (Bennaser, 68), Reynders (Jiru, 52), Musa (Okafor, 77), Rafael Leau.
“Inter”: Zommer, Darmian (Dumfris, 84), Acherbi, Pavar, Bastoni, Dimarko (Karlos Augusto, 78), Mxitaryan, Chalhano‘g‘lu (Aslani, 84), Barella (Frattezi, 77), Tyuram, Martines.
Ogohlantirishlar: Barella (22), Martines (32), Ernandes (36).
Chetlatishlar: Dumfris (90+3), Ernandes (90+3), Kalabriya (90+7). “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi