00:13 / 24.04.2024
1 014

Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda

Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda
“Kalyari” mavsumning hal qiluvchi pallasiga kelib, o‘z kuchini ko‘rsata boshladi. Sardiniyaliklar so‘nggi o‘yinlarda “Napoli”, “Atalanta”, “Inter”, “Yuventus” kabi qudratli klublardan ochko tortib oldi. Klaudio Raneri jamoasi xavfli hududdan uzoqlashdi va katta ehtimol bilan yuqori diviziondagi joyini saqlab qoladi.

Jamoaning keyingi paytdagi muvaffaqiyatlari Eldor Shomurodov o‘yini kuchaygani bilan bog‘liq. 29 aprelga belgilangan navbatdagi turda sardiniyaliklar legionerimizning birinchi jamoasi “Jenoa” mehmoni bo‘ladi.

Italiya futbolini yoritayotgan manbalar bo‘lajak o‘yin Shomurodov uchun ham muhim ahamiyat kasb etishini yozmoqda.

L'Unione Sarda nashri eksperti Alberto Masu o‘zbek futbolchisining “Kalyari”dagi ahamiyati va “Jenoa”da o‘ynagan yillariga e’tibor qaratdi.

- Yetti oy mobaynida soyada qolib ketgan Eldor Shomurodov endi o‘z kuchi va saviyasi bilan “Kalyari”ni qutqarishga kirishdi. “Yuventus”ga qarshi uchrashuvning haqiqiy qahramoni turinliklarning tajribali himoyachilari Federiko Gatti, Gleyson Bremer va Daniloni dog‘da qoldirib, jamoadoshi Zito Luvumboni qulay paslar bilan ta’minladi va penalti ishlanishiga sababchi bo‘ldi.

Ma’lum muddat turli qiyinchiliklarga duch kelgan o‘zbek legioneri yana porlay boshladi.

Jarohatidan tuzalib, maydonga qaytgan Shomurodov “Salernitana”ga ikkita, “Inter”ga bitta gol urgani, “Atalanta” bilan bahsda Aujelloga golli pas uzatgani va “Yuventus” bilan bo‘lgan uchrashuvning haqiqiy qahramonlaridan biriga aylanganidan keyin “Kalyari” ishqibozlari ham Eldorga bo‘lgan muhabbatini uni tik turib olqishlash orqali namoyish qildi.

Endi Shomurodov navbatdagi turda o‘zini Italiya futboli bilan tanishtirgan Genuyaga qaytadi. “Jenoa” muxlislari A Seriyadagi debyut mavsumida raqiblar darvozasiga sakkizta gol urgan Eldor Shomurodovni hali hamon yaxshi ko‘radi, qadrlaydi va uy arenasiga kelishini kutyapti. Shomurodovni Italiya futboliga moslashtirishda “Kalyari”ning sobiq murabbiylari – “Jenoa”da unga ustozlik qilgan Rolando Maran va Davide Ballardinining hissasi katta bo‘lgan
, - deb yozdi Alberto Masu.

28 yoshli hujumchimiz joriy mavsum A Seriyada 18 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga uchtadan gol va assist rasmiylashtirib qo‘ydi. “Kalyari” rahbariyati Shomurodovni yozgi transferlar vaqtida “Roma”dan to‘liq transfer qilish borasida muzokara boshladi. Bu savdo sardiniyaliklarga umumiy hisobda 10 million yevroga tushadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda