15:17 / 24.04.2024
189

Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi

Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi
Foto: Getty Images
Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi dastlabki chorak final bahsi yakuniga yetdi. Unda Tojikiston o‘z tarixida ilk marta jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Tailandda o‘tayotgan Osiyo Kubogi dastlabki chorak final bahsida Payrav Vohidov murabbiyligidagi tojikistonliklar Afg‘oniston ustidan 2:1 hisobida zafar quchib, yarim finalga yo‘llanma olishdi. Yarim finalda ularni Tailand — Iroq o‘yini g‘olibi kutib turibdi.

Shu tariqa, Tojikiston o‘z tarixida ilk marta jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Tojikiston termasi O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatida yo‘llanmani qo‘lga kiritgan dastlabki jamoa bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Tojikiston guruh bosqichida Yaponiya va Janubiy Koreyani ortda qoldirib, 1-o‘rin bilan chorak finalga yo‘l olgan edi.

Futzal. Osiyo Kubogi
Chorak final bahsi
24 aprel, chorshanba
Tojikiston – Afg‘oniston – 2:1
Gollar
: 1:0 — Rizo Huseynpur, (19 – avtogol), 1:1 — Farzod Mahmudi (23), 2:1 — Fayzali Sardorov, (47).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi