00:23 / 25.04.2024
219

Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi

Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi
Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi chorak finalidan o‘rin olgan Vetnamga qarshi qiyin bahsdan so‘ng O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes va uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi Sunnatulla Jo‘rayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Xose Venansio Lopes:
— Avvalo yarim finalga yo‘l olganimizdan juda xursandman. Vetnam terma jamoasi va bosh murabbiy Diyegoni yaxshi o‘yin ko‘rsatgani bilan tabriklayman. Uchrashuv ikki jamoa uchun ham og‘ir bo‘ldi. Ammo qiyinchiliklarga qaramasdan, o‘yinni nazorat qila oldik. Bahs yakunlanishiga 55 soniya qolganida g‘alaba golini urdik. Raqibda ham yetarlicha imkoniyatlar bo‘ldi, ayrim vaziyatlarda bizga omad kulib boqdi. Aytishim mumkinki, ushbu terma jamoa yarim finalda bo‘lishga haqli.

Jamoa mag‘lubiyatdan qanday chiqib ketgani haqida
— To‘g‘risini aytsam, hech qanday alohida taktika ishlab chiqmadik, faqat himoyamizdagi ba’zi kamchiliklarni bartaraf etdik. Shuningdek, darvozabonimizga hujumlarga ko‘proq qo‘shilishi kerakligini aytdim. G‘alabaga sabab bo‘lgan yagona jihat bu jamoaning ruhiy holatidir. Futzalchilarimiz qanday holatda bo‘lishmasin, doimo muvaffaqqiyat uchun kurashadilar.

Uchrashuvga tayyorgarlik va Eronga qarshi bahs haqida
— Biz ushbu o‘yinga ruhiy jihatdan juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik. Bahs davomida ham aynan shu sabab g‘alaba qozondik. Hatto gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin ham shogirdlarim o‘yinni xotirjam davom ettirishdi va nazoratni yo‘qotishmadi.

Eronga qarshi bahs juda qiyin va murakkab bo‘lishi aniq, biroq biz o‘z potensialimizga ishonamiz. Ularga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.

Sunnatulla Jo‘rayev:
— Butun o‘zbek xalqini g‘alaba bilan tabriklayman, bundan juda xursandmiz. Og‘ir uchrashuv o‘tkazdik, biroq o‘z o‘yinimizni topib oldik va g‘alaba qozondik. Jamoamiz juda yaxshi holatda va finalga chiqish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi