23:09 / 28.04.2024
219

Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"

Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
O‘zbekiston Kubogi 3-turidan o‘rin olgan "Dinamo" – "Navbahor" (1:1) uchrashuvidan keyin samarqandliklar ustozi Vadim Abramov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- O‘yin haqida
- G‘alaba uchun astoydil harakat qilgandik, ammo o‘xshamadi. Himoyada qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydik. "Navbahor"da vaziyatlar deyarli yo‘q edi. Yutqazmasdan turib ham turnirdan chiqib ketish – alamli. Biz ustunlikka ega bo‘lgan o‘yinlarimizda ijobiy natijaga erisholmadik.

- "Navbahor" motivatsiyasiz va ikkinchi tarkib bilan o‘ynadi. Sizlarda motivatsiya bor edi. "Dinamo" yigitlarining ikkinchi bo‘limda ko‘zlari yonmadi. Nega bunday bo‘ldi?
- Ikkinchi tarkibmi yoki yo‘q, bilmayman. Bungacha kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lganlar maydonga tushirilganda, aksincha sizga qiyin bo‘ladi. Ular bosimsiz, zavq bilan futbol o‘ynashdi. Biz o‘yin boshidagi vaziyatlarimizni golga aylantirishimiz kerak edi.

- "Dinamo" Kubokda pley-offga chiqmaganiga qaramay, yorqin o‘yinlar ko‘rsatdi. Jamoa qachon o‘z maydonida o‘ynaydi?
- Bu savol menga taalluqli emas deb o‘ylayman. O‘zim ham shuni kutyapman. Bizda hatto shug‘ullanish uchun maydon yo‘q. Buning ortidan muammolar kelib chiqmoqda. Bu savolingizga aniq javob berolmayman. Hammasi menga bog‘liq emas.

- "Dinamo" o‘zbek futboli gigantiga qarshi munosib o‘yin namoyish qildi. Jamoa Kubok doirasidagi aynan qaysi uchrashuvda g‘alabaga ko‘proq loyiq edi?
- Barcha uchrashuvlarda g‘alabaga yaqin edik. Bu – alamli. Chempionatdagi mag‘lubiyatlarda ham xatolar bizga qimmatga tushdi. Andijonda va "Nasaf" bilan o‘yinda ham ustun ko‘ringandik. Bugun ham mana yo‘q joydan gol o‘tkazib yubordik.

- O‘zbek futbolida bir necha yillardan buyon ishlab kelayotgan mutaxassis sifatida O‘zbekiston Kubogi musobaqasining hozirgi formatini qanday baholaysiz? Bunaqasi boshqa joyda yo‘q...
- Men ham siz kabi bundan hayratdaman. Kubok musobaqasining reglamenti yo‘q. Chempionat reglamenti bor. Men har doim qiziqadiganim – agar 3 ta jamoa bir xil ochko to‘plasa, qanday yo‘l tutilishi haqida bo‘ladi. Ular bu holatda chempionat reglamentiga murojaat etilishi haqida aytishadi. Kubok – umuman boshqa formatdagi musobaqa. Bu savolingiz ham menga taalluqli emas. Men shunchaki boriga baho berishim mumkin. Bizning vazifamiz – maydonga chiqib o‘ynash. Ehtimol, o‘yinlar soni ko‘proq bo‘lishi uchun shunday qilingandir.

- "Dinamo" ikkinchi bo‘limda faol ravishda to‘pga egalik qilib, ko‘plab hujumlar uyushtirdi. Jamoa bu o‘yinni birinchi bo‘limda namoyish etishiga nima xalaqit qildi?
- Raqib bunga yo‘l qo‘ymadi. Ular ikkinchi taymda charchab qolishgani sezildi. Biznikilar ham charchab qolishdi.

- Hamma siz va Samvel Babayan o‘rtasidagi bahsdan jiddiy qarama-qarshilik kutadi. Uning jamoasiga qarshi o‘yinga alohida tayyorgarlik ko‘rasizmi?
- Raqib murabbiyi kim bo‘lishining farqi yo‘q. Biz reja bo‘yicha tayyorgarlik ko‘ramiz. Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik. Endi bor e’tiborimiz chempionatga qaratiladi. Alohida yondashuv bo‘lmaydi, maydonda murabbiylar emas, futbolchilar harakat qilishadi.

- Jurani Fransisko Ferreyraning jarohati jiddiy emasmi? U bugun yaxshi harakat qildi...
- Afsuski, u jarohat oldi. Hozir aniq aytish qiyin. 2-3 kundan keyin jarohat darajasi aniq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"