23:06 / 29.04.2024
558

Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?

Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmasi qo‘lga kiritganidan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqidagi fikrlaringiz
- Bugun tarixiy natijaga erishdik. Prezidentimiz va xalqimizga rahmat. Duoda bo‘lib turgan xalqimizga ming rahmat. Yaratganga shukr, maqsadimizga erishdik. Keyingi reja kubokni O‘zbekistonga olib kelish. Uzoq vaqt tomonida bunga tayyorgarlik ko‘rgandik va mana bugun barcha niyatlarimiz amalga oshdi.

Abdurauf Bo‘riyev

O‘yin haqida

- Bugungi g‘alabamizni barcha o‘zbekistonliklarga bag‘ishlayman. Dastlabki maqsadimiz olimpiadaga chiqishni uddalay oldik. Keyingi maqsadimiz, kubokni qo‘lga kiritish. Qiyin uchrashuv bo‘ldi, ammo yakunda g‘alaba qozondik.

Abdurauf Bo‘riyev

- Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma sizning faoliyatingizda eng katta yutuqmi? Ushbu g‘alaba siz uchun qanday ahamiyatga ega?

- Hozirgi kungacha bo‘lgan faoliyatim davomidagi eng katta yutuq bo‘ldi. Qolgan fikrlarim bilan bo‘lishmagan bo‘lardim, bu mening shaxsiy hayotimga bog‘liqligi ko‘p.

Abdurauf Bo‘riyev

- Jamoa sardori sifatida o‘yinni boshlaganingiz sizga kuch berdimi?

- Ha, sardor sifatida maydonga tushish menga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi, ammo jamoaning g‘alabasi men uchun ko‘proq muhim.

- Ushbu loyiha tashkil etilgandagi dastlabki kunlardan boshlab bugungi uchrashuvga qadar bosib o‘tilgan yo‘l haqida gapirib o‘tsangiz. Bunday jiddiy loyihani sizga topshirishayotganida nimalarni his etgandingiz?
- O‘sha vaqti men keyingi saralashda ishtirok etadigan yoshdagi futbolchilarning jamoasini boshqarayotgan edim. Bu yo‘lni bosib o‘tish oson bo‘lmadi. Shu vaqtga qadar ikki katta musobaqada ishtirok etdik. Osiyo chempionatida ikkinchi o‘rin va Osiyo o‘yinlarida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdik. To‘rt yil davomida biz yengib o‘tgan qiyinchiliklar va sinovlarga asoslanib kitob yozsa bo‘ladi. Umumiy qilib aytsak, yakunda yuzimiz yorug‘ bo‘ldi.

- Bugungi uchrashuvda 29ta zarba va o‘z darvozangizga bitta ham aniq zarba berilmadi. O‘yinning birinchi daqiqasidan boshlab jamoangiz o‘yinni nazorat qildi. Ammo kech gol urdingizlar bunga sabab nima?
- Biz raqibdan kuchli ekanligimizni bilar edik va futbolchilar ham buni tushunib turishgan edi. Asosiy sabab, bosim edi. Sababi Olimpiadaga chiqish biz uchun yangi tarix. Biz hech qachon olimpiya o‘yinlarida ishtirok etmaganmiz. Ko‘p xavotir bo‘ldi, ammo yakunda g‘alaba qozondik. Barcha vaziyatlardan foydalanganimizda hisob yirikroq bo‘lar edi. Vaziyatlarni yakunlashga kelganda biroz hayajonlandik.

- Musobaqa davomida ko‘p marotaba rotatsiyaga qo‘l urdingiz. Saudiyaga qarshi Hamraliyevni, bugun esa Zafarmurod va Rahimjonovlarni rotatsiya qildingiz? Bunga qandaydir sabab bormi?
- Mening maqsadim shu edi. Barcha futbolchilar asosiy tarkibda o‘ynashga loyiq deb o‘ylayman. Terma jamoada aslida shunday bo‘lish kerak. Barcha futbolchilar o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish kerak. 23ta futbolchini chaqirdikmi, ularning hammasiga imkoniyat berish kerak. Ushbu musobaqa davomida har uch kunda o‘yin o‘tkazdik va shu sababli qo‘rqmasdan rotatsiyaga qo‘l urdim. Rotatsiya qilish futbolchilarning jismoniy holatini yaxshiroq ushlab turadi. Men barcha futbolchilarimga birdek ishonganim uchun ularni maydonga tushiraman. Barcha teng imkoniyatga ega bo‘ladigan jamoa tuzishni istagandek bu loyiha boshlanganida va bugungi kunga kelib shu maqsadimiz amalga oshdi.

- Musobaqa davomida barcha futbolchilarimiz maydonga tushishdi. Final uchrashuvida uchinchi darvozabonimizga imkon bersangiz to‘liq tarkib o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan bo‘ladi. Abdunabiyevni finalda ko‘rishimiz mumkinmi?
- Darvozabon masalasiga keladigan bo‘lsak, darvozabonlarga imkoniyat berish biroz boshqacharoq. Aniq javob ayta olmayman, to‘g‘risi (kulib).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?