date

Qatar matbuoti: O‘zbekiston mag‘lubiyatga uchratilishi shart!

Qatar matbuoti: O‘zbekiston mag‘lubiyatga uchratilishi shart!

Ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi Doha shahrida Qatar termasiga qarshi JCh-2018 musobaqasining Osiyo qit’asi 3-saralash bosqich uchrashuvida maydonga chiqadi.

O‘yinga bo‘lgan qiziqishni juda yaxshi bilasiz.

Biz an’anamizga asosan ushbu yurt matbuotini kuzatib chiqdik. Mamlakatda chop etiladigan Gulf Times, Qatar Chronicle, Al Watan va Lusail nashrlari ertangi o‘yin haqida qisqa tarzda bo‘lsa to‘xtalib o‘tgan.

"Qatarda futbol rivojiga katta mablag‘ sarflanyapti. Shu jumladan milliy terma jamoa uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo qilingan. Ammo, Erondagi mag‘lubiyat yanayam sergak tortishga majbur qiladi. O‘shanda o‘yin tengkurashlar ostiga kechayotgan edi.

Buyog‘iga ochko yo‘qotish qimmatga tushadi. Ertaga O‘zbekiston bilan o‘yin bo‘ladi. Joze Daniel Karreno shogirdlari nima qilib bo‘lsa ham O‘zbekistonni engishlari shart. Aks holda, guruhdan chiqish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri JCh-2018ga yo‘llanma olish masalasi qiyinlashib ketadi.

Bu ish oson emas, sababi raqib ham ancha kuchli sanaladi. Lekin, Qatar o‘z o‘yinini qilsa kerakli natijaga erishishi mumkin", - degan ma’noni o‘qish mumkin nomlari yuqorida tilga olingan nashlarning "Sport" rukni ostidagi xabarlarda.

Biz esa, har doimgidek futbolchilarimizdan g‘alaba kutib qolamiz.

Eslatib o‘tamiz, o‘yin ertaga Toshkent vaqti bilan soat 21.00da boshlanadi.

Manba: www.fut.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Qatar matbuoti: O‘zbekiston mag‘lubiyatga uchratilishi shart!