O‘zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev UFC promoushenidagi navbatdagi jangini 12 may sanasida o‘tkazdi. U AQSHdagi UFC Fight Night turnirida Xoakin Bakliga qarshi oktagonga ko‘tarildi.
Birinchi raundda o‘zbekistonlik jangchi masofadan ishlashiga to‘g‘ri keldi. Xoakin 2 marta teykdaunni amalga oshirdi. Ikkinchi raundda ham deyarli birinchisidagidek ssenariy takrorlandi. Uchinchi raundda esa Nursulton bir necha qiyin vaziyatlardan chiqib ketishga muvaffaq bo‘ldi.
Uch raund yakuniga ko‘ra Xoakin Bakli ochkolar evaziga g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, Nursulton 2023 yilning 2 iyul kuni UFC'dagi debyutini o‘tkazgandi. U braziliyalik yengilmas jangchi Bruno Ferreyrani (10-1) birinchi raunddayoq nokaut bilan mag‘lub etdi. Promoushendagi ikkinchi jangida esa Sedrik Dyuma (9-2) taslim etilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
2050 yilda 1,2 milliardgacha odam yashash joyini tark etadi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Qur’onni yoqqani uchun qamalgan Nikita Juravelga yangi hukm o‘qildi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
Kiyev va Moskva o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari: u qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin?
Superliga. 2025 yilgi mavsum qachon start olishi ma’lum qilindi