Ivan Boshkovich: "Har doim ham yaxshiroq o‘ynagan jamoa g‘alaba qozonavermaydi"

1 daqiqa o'qish190
Ivan Boshkovich: "Har doim ham yaxshiroq o‘ynagan jamoa g‘alaba qozonavermaydi"
Superliga 7-turi doirasida o‘tkazilgan "So‘g‘diyona" - "Navbahor" (1:2) uchrashuvidan so‘ng jizzaxliklar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin haqida
- Bugungi uchrashuvda meni faqatgina o‘yin natijasi qoniqtirmadi. O‘yin bo‘yicha yomon ko‘rinmadik, ayniqsa ikkinchi bo‘limda yaxshi hujumlar uyushtirdik. Birinchi bo‘limda esa biroz o‘yinimiz qovushmadi, ustiga-ustak darvozamiz tomon penalti belgilandi. Tanaffusda yigitlarga barchasini tushuntirib berdim va raqibning kuchsiz jihatlarini ko‘rib chiqdik. O‘tkazib yuborgan ikkinchi golimizni ko‘rmay qoldim, to‘g‘risi. U vaziyatda to‘pni yo‘qotgan bo‘lsak kerak. 2:0 hisobida mag‘lub bo‘layotganimizga qaramay, ko‘p hujum qildik va ishtiyoqimiz so‘nmadi.

Futbolchilarimga rahmat aytaman. O‘yin so‘ngida bitta gol urdik, ammo o‘yinda burilish yasashga vaqt yetmay qoldi. Ikkita qanot himoyachilarimiz hujumga ko‘p hissa qo‘shishdi va o‘yin davomida to‘liq aktiv bo‘lishdi. Qanotdan uzatilgan paslarni darvozaga yonaltira olmadik. Hechqisi yo‘q, bunday uchrashuvlar biz uchun katta tajriba. O‘yin bo‘yicha bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik.

- "Navbahor"ga qarshi kechgan bugungi uchrashuv siz uchun uchinchisi bo‘ldi. Avvalgi ikki uchrashuv bilan solishtirsak, "lochin"lar qanchalik o‘zgaribdi? Samvel Babayan jamoasi yangi mavsumda yana kuchaygan deya olasizmi?

- Taqqoslash noto‘g‘ri. O‘sha vaqtda musobaqa jadvali boshqacha edi. Boshqa tarkib, boshqa mavsumlar. "Navbahor" taktik tomonlama biroz o‘zgaribdi. Avvali ko‘proq ochiq futbol bo‘lar edi. Bugun penaltidan gol urishganidan so‘ng uslubni biroz o‘zgartirishdi va mudofaa haqida o‘ylashni boshlashdi. Namangan jamoasi zo‘r tarkibga ega ekanligiga hech kim shubha qilmasa kerak. Lekin biz bugun raqibdan futbol bo‘yicha ustun edik. Futbolda yaxshiroq o‘ynagan jamoa har doim ham g‘alaba qozonavermaydi. Ikkinchi davra bahsida yaxshiroq natija qayd etishga harakat qilamiz va bugungi uchrashuv natijasi uchun alam olamiz degan umiddaman.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?