Edgar Ie (chapda) va Edelino.
Foto: RTVI
Gvineya-bisaulik futbolchi Edgar Ie Buxarestning «Dinamo» klubiga o‘zining o‘rniga egizagini jo‘natganlikda ayblanyapti.
Fevralda futbolchi «Dinamo» bilan shartnoma imzolagandi, biroq oradan uch oy o‘tib, uning o‘rniga rumin jamoasida egizak akasi Edelino to‘p surib kelgani fosh bo‘ldi, deb yozdi Ispaniyaning Marca gazetasi.
Nashrga ko‘ra, Edelino beshta o‘yinda Edgar Ie o‘rniga maydonga tushgan. Firibni jurnalist Daniel Sendre fosh qildi. Uning yozishicha, «Dinamo»dagilarni futbolchining inglizchada yomon gapirishi, faqat portugal tilida muloqot qilishi ajablantirgan, vaholanki, u Ispaniya («Barselona»), Fransiya, Turkiya va Niderlandiya jamoalarida o‘ynagan. Boshqa bir jurnalist Emanuel Rosu esa futbolchi jamoaga o‘zining haydovchilik guvohnomasini ko‘ratishni istamaganini yozdi.
Ruminiyada «egizaklar ishi» bo‘yicha surishtiruv boshlandi. Agarda Edgar Ie o‘rniga egizagi «Dinamo»da o‘ynagani rasman tasdiqlansa, jamoa 8 ochkodan mahrum bo‘lishi mumkin (Edelino Edgar o‘rniga o‘ynagan 5 ta o‘yinda jamoa 8 ochko to‘plagan).
Bundan tashqari, Ruminiya futbol federatsiyasi mazkur holat yuzasidan sanksiyalar qo‘llashi ham kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Namanganda olib qochilgan avtomobil «Qamchiq» dovonida to‘xtatildi
Peskov AQSHning amaldagi ma’muriyatini Ukrainadagi vaziyatni keskinlashtirishda aybladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Medvedev yadroviy qurol texnologiyasini “AQSH dushmanlariga” berishni taklif qildi
Qozog‘iston prezidenti mahalliylashtirilgan sportchilar sonini kamaytirishga topshiriq berdi
Komil Allamjonovga suiqasdda gumonlanib 5 kishi qamoqqa olindi