
Xabar berganimizdek, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Rossiyaning Xabarovsk shahridagi xalqaro turnirda ishtirok etmoqda. Musobaqaning dastlabki kunida 4 nafar hamyurtimiz ringga ko‘tarildi va barchasi ishonchli g‘alaba bilan navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
-54 kg: Shahzod Muzaffarov - Albert Gataullin (Rossiya) 5:0
-60 kg: Dilshod Abdumurodov - Azrak Babirov (Ozarbayjon) 5:0
-67 kg: Ruslan Abdullayev - Denis Gabdrafikov (Rossiya) 5:0
-86 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev - Marat Magomedov (Rossiya) raqib 3-raundda diskvalifikatsiya qilindi.
18 mayga qadar davom etadigan ushbu musobaqada Rossiya, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Belarus, Serbiya, Ozarbayjon va Mo‘g‘ulistondan tashrif buyurgan 150 nafar charm qo‘lqop ustalari g‘oliblik uchun jang qilishadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar