10:14 / 15.05.2024
231

Premer-ligada chempion aniq(mi)?

Premer-ligada chempion aniq(mi)?
Premer-ligada deyarli mavsum o‘z nihoyasiga yetdi. 37 ta tur ortda qolib, barcha qaysi o‘rinda qolishi aniq bo‘lib bormoqda. Shu bilan birga, chempionlik poygasida ham kurash tugagandek. Gvardiola shogirdlari safarda "Tottenxem"ni ishonchli hisobda mag‘lub qilib, ochkolari sonini 88 taga yetkazib oldi. "Arsenal" bilan farq 2 ochkoni tashkil qilmoqda.

"Shaharliklar" doimgidek so‘nggi pallada yana o‘ziga kelib oldi. Jamoa ketma-ket 8 ta uchrashuvdan beri faqat g‘alaba qozonib kelmoqda. Eng qizig‘i, klubni oxirgi marta "Aston Villa" 7 dekabrda mag‘lub qilgan. "Arsenal" esa har safar qiladigan xatosini takrorlamadi. Garchi jamoa Chempionlar ligasidan chiqib ketgan bo‘lsa ham, darrov o‘ziga kelib, "Chelsi", "Tottenxem" va "Manchester Yunayted"ni taslim qila oldi. Arteta bu borada alohida ishlagani bilindi.

"Manchester Siti" bilan 2021/22 mavsumda "Liverpul" mana shunday kurash olib borib, yakunda bir ochkoga ortda qolib ketgandi. Bu safar ham shunday bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Bor umid Gvardiolaga eng noqulay raqiblardan biri bo‘lgan "Tottenxem"dan edi. Qo‘shnilar esa nafaqat mag‘lub bo‘lishdi, balki YECHLsiz ham qolib ketishdi.

38-turda manchesterliklar "Vest Xem"ga qarshi maydonga tushadi. So‘nggi marta "bolg‘achilar" APL doirasida "Man Siti"ni 2015 yilda yuta olgan. Bu esa yanada imkoniyat kamligini bildiradi. "Arsenal" esa "Everton" bilan kuch sinashadi. Mersisayd klubining deyarli yo‘qotadigan narsasi qolmagan. Shu sababli, "kanonirlar" g‘alaba qozonishi mumkin, lekin bu 3 ochko ham ularga yordam bera olmaslik ehtimoli bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Premer-ligada chempion aniq(mi)?