
Superliganing 8-turidan o‘rin olgan OKMK - "So‘g‘diyona" (5:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik. Bitta o‘yinda 8 ta gol urilishi uchrashuvni tomosha qilgan muxlislarga ham har jihatdan ma’qul kelgan bo‘lsa kerak. 72 daqiqa barchasi o‘z qo‘limizda bo‘ldi. Biroq, yakuniy natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi.
Birinchi bo‘limda yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilay oldik, gollar urib hisobni tenglashtirgandik. Ammo ikkinchi bo‘limda bolalarcha xatolarga yo‘l qo‘ygan vaziyatlarimiz bo‘ldi. Ayniqsa, o‘yinning so‘nggi 25 daqiqasini juda bo‘sh o‘tkazdik.
- "Navbahor" bilan o‘yindagi mag‘lubiyat bugungi uchrashuv oldidan kayfiyatga ta’sir ko‘rsatdimi?
- Yo‘q, aksincha biz g‘alaba uchun ikki karra ko‘proq harakat qildik. "Navbahor"ga qarshi o‘yinda yomon harakat qilmadik, aksincha yaxshi o‘yinlarimizdan birini namoyish etdik. U yerda 30 soniya davomida bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan paytlarimizda gol qo‘yib yubordik. Boshqa xatolar ham bo‘lgandi, ammo bu psixologik jihatdan ta’sirini o‘tkazdi deya olmayman. Oldinda bizni navbatdagi tur uchrashuvlari kutib turibdi, tayyorgarlikda davom etamiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar