
Hakamlik bo‘yicha Championat.asia eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyayev ("Alyo, ref!" Telegram-kanali) "Surxon" - "Nasaf" uchrashuvining oxirida sodir bo‘lgan vaziyatni tahlil qildi.
Eslatib o‘tamiz, "Surxon" - "Nasaf" uchrashuvining (0:1) so‘nggi daqiqalarida mehmonlar vakili G‘olib G‘aybullayev raqib futbolchisini o‘z jarima maydonchasi ichida yiqitgandek bo‘ldi, ammo bosh hakam Ilgiz Tantashev penalti belgilamadi. Vaziyatga VAR aralashganidan so‘ng ham Tantashev uzoq muhokamalardan so‘ng 11 metrlik jarima zarbasi yo‘qligini ma’lum qildi.
"Vaziyat oddiy emas. Birinchi kamerada himoyachi to‘pga birinchi bo‘lib tekkandek tasavvur uyg‘onadi, shu sababli uchrashuvni davom ettirish mumkin. Himoyachi sirpanish orqali ehtiyotkorlik bilan to‘pni qaytarishgan uringan. Hujumchi to‘pga tega olmagani, ammo to‘p trayektoriyasini o‘zgartirgani ko‘ringan.
Afsuski, VAR quyidagi vaziyatga aralashdi:
A) Bosh hakam 99% haq edi;
B) Xato ko‘rinmagan. VAR bunday takroriy lavhalar bilan vaziyatga aralashishga haqqi yo‘q. VARning xatosi.
O‘yin oxirida noaniq bo‘lgan ko‘rsatmalarga ishonmay, o‘z qarorida qolgan hakamni maqtash kerak" - dedi Anatoliya Sinyayev.
O‘zbekiston Futbol Hakamlar Markazi matbuot xizmati esa bunga o‘z munosabatini bildirdi.
"O‘zbekiston Superligasi 8-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Nasaf" uchrashuvining 90+4-daqiqasida yuzaga kelgan bahsli vaziyat futbol jamoatchiligi orasida keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekiston Futbol Hakamlar Markazi mazkur holat Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan alohida ko‘rib chiqilishini ma’lum qiladi", - deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar