
Rossiyaning “Sport Ekpress” nashri 30 yildan ortiq vaqt mobaynida futbol bo‘yicha mamlakat chempionatining har bir turida futbolchilar harakatini baholab, ramziy terma jamoa tuzib chiqadi.
29-tur yakunlari bo‘yicha tuzilgan reytingda SSKAdagi hamyurtimiz Abbosbek Fayzullayev ramziy terma jamoadan o‘rin oldi va umumiy reytingda bir pog‘ona ko‘tarildi.
Fayzullayev mazkur turda ramziy terma jamoaga eng ko‘p – yetti marotaba kiritilgan futbolchiga aylandi. SSKA ushbu turda “Nijniy Novgorod” maydonidan 6:2 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan edi. 20 yoshli legionerimizning bu bahsdagi harakatlari ekspertlar tomonidan 7,5 ballga loyiq ko‘rildi.
Ramziy terma jamoa quyidagicha ko‘rinish oldi:

Shuningdek, umumiy reytingda jiddiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu turda beshta gol urgan “Zenit” hujumchisi Mateo Kesserraning o‘yini juda yuqori – 9,5 ballga loyiq ko‘rildi. Buning samarasida legioner futbolchi reytingda beshinchi o‘rindan birinchi pog‘onaga ko‘tarildi.
Umumiy reytingda kuchli o‘nlikka kirgan futbolchilar bilan tanishing:
1. Mateo Kasserra (“Zenit”) — 6,39 ( chempionat davomidagi o‘rtacha ball)
Kolumbiyalik forvard besh o‘yindan iborat golsiz seriyasiga beshta gol bilan yakun yasadi.
2. Maksim Glushenkov (“Lokomotiv”) — 6,36
“Fakel”ga qarshi bahsda eng ko‘p xavfli vaziyat yaratib berdi.
3. Konstantin Tyukavin (“Dinamo”) — 6,33
“Krilya Sovetov” bilan bahsda himoyachilar e’tiborini o‘ziga tortib turdi.
4. Eduard Spersyan (“Krasnodar”) — 6,32
“Sochi” darvozasiga eng ko‘p zarba bergan, jamoadoshlariga eng ko‘p o‘tkir pas uzatgan futbolchi bo‘ldi.
5. Vendel (“Zenit”) — 6,27
Kasserraning beshta golidan ikkitasiga aynan Vendel assistentlik qildi.
6. Jon Kordoba (“Krasnodar”) — 6,27
“Sochi” bilan bahsda golli pasi bilan g‘alabaga hissa qo‘shdi va jamoasini chempionlik kurashida olib qoldi.
7. Abbosbek Fayzullayev (SSKA) — 6,25
“Nijniy Novgorod”ga qarshi gollar shousida ikkita assistni amalga oshirdi va maydonda eng faollardan biri bo‘ldi.
8. Duglas Santos (“Zenit”) — 6,21
Grozniydagi bahsda o‘ng qanot himoyachisi vazifasini bajardi va jarohat oldi.
9. Klaudino (“Zenit”) — 6,19
Faol o‘ynadi va bitta assist qayd etdi.
10. Bitello («Dinamo») — 6,16
“Krilya Sovetov” darvozasini ishg‘ol qildi.

Rossiya Premer-ligasining so‘nggi — 30-tur uchrashuvlari 25 may kuni bir paytda — Toshkent vaqti bilan 18:30 da boshlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar