112
Kostya Szyu Usik—Fyuri jangi haqida: “Revansh tashkillashtirish uchun g‘alabani Oleksandrga berishdi”
Professional boksda o‘z vaqtida WBC, WBA, IBF yo‘nalishlarida chempionlik kamariga egalik qilgan Konstantin Szyu Usik—Fyuri jangi tijoriy xarakterga ega bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi.
“Afsuski, jangni yo‘lda ko‘rishga majbur bo‘ldim. Ko‘rganlarimdan xulosa qildimki, hakamlar to‘g‘ri qaror chiqardi. Jang teng kurashlar ostida kechdi.
Oktyabrda revanshmi? Menimcha, aynan shuning uchun g‘alabani Usikka berishdi. Bilmadim, Fyurida g‘alaba qozonish imkoniyati qanaqa. Lekin bu toza tijoriy jang.
Kim ko‘proq hayratga soldi? Usik. U Fyuri raqibiga tug‘diradigan muammolarni yenga oldi”, — deydi Szyu.
Eslatib o‘tamiz, 18 may kuni Usik ochkolar evaziga Fyurini mag‘lub etib, og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylandi. Bu britaniyalik bokschining faoliyatidagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi.
Bokschilar 12 oktyabr kuni revansh jangida ishtirok etadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi
Rossiya armiyasining «Janub» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni lavozimidan chetlatildi
Britaniya qirollik oilasining kamtarona hayot kechiradigan a’zolari
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Qalbaki 1 400 AQSH dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olgan shaxslar ushlandi