Bahodir Jalolov janglardan olgan pullarni nimaga sarflashini aytdi

Bahodir Jalolov janglardan olgan pullarni nimaga sarflashini aytdi
Superog‘ir vazn toifasidagi professional bokschimiz, Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov gonorarlarini qay maqsadlarga ishlatgani haqida gapirdi.

«To‘g‘risini aytsam, yarmiga yaqinini ustozlarimga berdim. Sababi, shuncha qilgan mehnatimiz, natijalarimizda ustozlarimiz asosiy rolda. Qolganini o‘zimning oilamga sarfladim. Onamni Umra safariga jo‘natdim. Bizda, ya’ni, musulmonlarda Haj-Umra muhim hisoblanadi. Shuning uchun, onamni Umra safariga jo‘natdim va oilamning kamchiliklarini to‘ldirdim.

Singillarim, opalarimga qarashdim, chunki otam yo‘q. Ularga ota o‘rnida otaman. Shuning uchun, ularga ham yordam berdim. Shuningdek, pullarimning ma’lum qismini o‘zimning kamchiliklarimga ishlatdim
», dedi Jalolov AIBA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Suhbatda Bahodir Jalolov aynan qaysi musobaqadan olgan gonorarlari haqida gap ketganini ochiqlamagan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar