date
views 190

O‘zbekiston Superkubogi uchun chiptalar 25 may kuni sotuvga chiqadi

O‘zbekiston Superkubogi uchun chiptalar 25 may kuni sotuvga chiqadi
29 may kuni soat 19:00 da O‘zbekiston Superkubogi uchun bellashuv start oladi. Mamlakat chempioni sifatida "Paxtakor" va Kubok sohibi sifatida "Nasaf" jamoalari ketma-ket to‘rtinchi bor Superkubok uchun kurashadi.

Liga uchrashuv chiptalari masalasida odatga ko‘ra iTicket bilan hamkorlik qiladi. Chiptalar 4 toifaga ajratilgan bo‘lib, CIP sektor chiptalari 100 ming so‘m etib belgilangan. Shuningdek, joylashuviga qarab 50, 30, 25 ming so‘mlik chiptalar mavjud.

Ertaga — 25-may kunidan boshlab chiptalarni iTicket.uz sayti orqali onlayn xarid qilish mumkin. 27 may kuni esa "Bunyodkor" stadioni kassalari Chilonzor hamda Mirzo Ulug‘bek metro bekatlari yaqinida ochiladi.

"Paxtakor" klubi faollari 3B sektordan, "Nasaf" klubining yetakchi muxlislari esa 3E sektordan joy olishi ko‘zda tutilgan. Futbol muxlislari o‘z sevimli jamoalarini qo‘llab-quvvatlash uchun suratda aks etgan sektorlarga e’tibor qaratishlari so‘raladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Superkubogi uchun chiptalar 25 may kuni sotuvga chiqadi