Olimpiya va Paralimpiya shaharchasida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi

Olimpiya va Paralimpiya shaharchasida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi
Olimpiya va Paralimpiya shaharchasida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi

2016 yil 7 sentyabr kuni Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya va Paralimpiya shaxarchasida O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarishga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.

Marosimda O‘zbekiston sport delegasiyasi a’zolari, XV yozgi Paralimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi va Rio-de-Janeyro shahri vakillari ishtirok etdi.

Olimpiya va Paralimpiya shaharchasi meri, basketbol bo‘yicha Braziliya termasi tarkibida jahon chempioni bo‘lgan Janet dos Santush Arkain xonim O‘zbekiston delegatsiyasini Paralimpiadaga tashrifi bilan qarshilab, ularga bo‘lg‘usi musobaqalarda omad yor bo‘lishini tiladi.

O‘zbekiston delegasiyasi rahbari, O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Umid Ahmadjonov Olimpiya va Paralimpiya shaharchasi meriga minnatdorchilik bildirib, unga delegatsiya nomidan sovg‘alarni taqdim etdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar