
Futzal bo‘yicha Jahon chempionati guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa mezboni bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi A guruhidan joy oldi. Paragvay, Kosta Rika va Niderlandiya terma jamoalari guruhda O‘zbekistonga raqiblik qiladi.
O‘zbekiston o‘z o‘yinlarini Toshkentda o‘tkazadi. Guruh bosqichi taqvimiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 14 sentyabr kuni Niderlandiyaga, 17 sentyabr kuni Paragvay va 20 sentyabr kuni Kosta Rikaga qarshi o‘ynaydi.
Taqvim:
14 sentyabr
O‘zbekiston — Niderlandiya
17 sentyabr
O‘zbekiston — Paragvay
20 sentyabr
Kosta-Rika — O‘zbekiston
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston mezbonligidagi futzal bo‘yicha Jahon chempionati 14 sentyabrdan 6 oktyabrga qadar bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar