21:55 / 27.05.2024
191

Niderlandiya futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi o‘yinga 100 foiz tayyor bo‘lishimiz kerak, sababi..."

Niderlandiya futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi o‘yinga 100 foiz tayyor bo‘lishimiz kerak, sababi..."
Niderlandiya futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Migel Andres Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi haqida fikr bildirdi.

"Qur’a tashlash marosimidan so‘ng Jahon chempionatini yanada orziqib kutaman. Ochilish o‘yinini mezbon davlatga qarshi o‘tkazish, albatta, ajoyib, lekin bu katta mashaqqatni ham talab etadi. U yerda o‘zbekistonlik muxlislar ko‘p bo‘ladi, shuning uchun biz birinchi kundanoq 100 foiz tayyor bo‘lishimiz kerak.

Shuningdek, yana bir qiyin raqib — Paragvay bilan to‘qnash kelamiz. Bu jamoa Yevropaning yirik klublarida to‘p tepadigan ko‘plab tajribali futbolchilarga ega hisoblanadi. Kosta-Rika haqida ko‘p ma’lumotga ega emasmiz, biroq kelgusi oylarda bu jamoani ham yaxshi o‘rganamiz
", – dedi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Niderlandiya "A" guruhida O‘zbekiston, Paragvay va Kosta-Rika bilan bellashadi. Yevropaliklar ilk o‘yinni mezbonlarga qarshi o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Niderlandiya futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi o‘yinga 100 foiz tayyor bo‘lishimiz kerak, sababi..."