date
views 346

Elit Osiyo Chempionlar Ligasining barcha ishtirokchilari bilan tanishing

Elit Osiyo Chempionlar Ligasining barcha ishtirokchilari bilan tanishing
OFKning sentyabr oyida start oladigan yangi loyihasi – Elit Osiyo Chempionlar Ligasi ishtirokchilari ma’lum bo‘lib ulgurgan. Unga ko‘ra har bir mintaqada 12 ta jamoa bir guruhdan joy oladi. Qur’aga ko‘ra jami 8 ta o‘yin o‘tkaziladi. Keyingi bosqichga ham 8 tadan jamoa yo‘l oladi.

G‘arbiy mintaqa
1. "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)
2. "Al Nassr" (Saudiya Arabistoni)
3. "Al Ahli" (Saudiya Arabistoni)
4. "Al Sadd" (Qatar)
5. "Al Rayyan" (Qatar)
6. "Persepolis" (Eron)
7. "Istiqlol" (Eron)
8. "Al Vasl" (BAA)
9. "Al Ayn" (BAA)
10. "Paxtakor" (O‘zbekiston)
11. Iroq chempioni
12. Pley-off g‘olibi ("Al Garafa", "Shabab Al Ahli", Eron Kubogi sohibi)

Sharqiy mintaqa
1. "Vissel Kobe" (Yaponiya)
2. "Kavasaki Frontale" (Yaponiya)
3. "Yokogama Marinos" (Yaponiya)
4. "Ulsan Xyunday" (Koreya Respublikasi)
5. "Poxang Stilers" (Koreya Respublikasi)
6. "Kvanju" (Koreya Respublikasi)
7. "Shanxay Port" (Xitoy)
8. "Shanxay Shenxua" (Xitoy)
9. "Buriram Yunayted" (Tailand)
10. "Sentral Kost Mariners" (Avstraliya)
11. "Joxor Darul Ta’zim" (Malayziya)
12. Pley-off g‘olibi ("Shandun Tayshan", Tailand Kubogi g‘olibi)

16 avgust kuni musobaqaga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda "Paxtakor" va "Nasaf" o‘z raqiblari bilan tanishib oladilar. Qarshiliklar ishtirok etadigan Ikkinchi Osiyo Chempionlar Ligasida Saudiya Arabistonidan bitta, Elit OCHLning pley-off natijalariga ko‘ra Qatar, Eron va BAAdan ikkitadan jamoa ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. OFK Kubogida esa bizga kvota ajratilmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Elit Osiyo Chempionlar Ligasining barcha ishtirokchilari bilan tanishing