date
views 473

Fayzullayevni 10 million yevrodan kamiga transfer qilmaslik kerak

Fayzullayevni 10 million yevrodan kamiga transfer qilmaslik kerak
Abbosbek Fayzullayev legioner sifatidagi dastlabki mavsumidayoq Rossiya Premer-ligasining qahramonlaridan bo‘ldi. Mavsumning asosiy kashfiyoti sifatida e’tirof etilgan 20 yoshli hujumkor futbolchi haqida muxlislar, mutaxassislar, futbolchilar va murabbiylar iliq fikrlarni bildirmoqda.

Ko‘pchilikni o‘zbekistonlik futbolchining Yevropada o‘ynash imkoniyati qiziqtirmoqda. Mavsum davomida Abbosni “Bavariya” va “Parma” kabi jamoalar kuzatayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Rossiya futbolchi mutaxassislar Fayzullayev haqida o‘z fikr-mulohazalarni bildirganda bu masalaga ham to‘xtalib o‘tmoqda.

Vyacheslav Chanov, sobiq darvozabon va SSKA murabbiyi:

Har yili yangidan yangi yosh futbolchilar paydo bo‘ladi va ular mavsum kashfiyotiga aylanadi. Misol tarzida SSKAni olaylik. Kichkinagina o‘zbek yigiti kelib, bu darajada o‘ynaydi, deb kim o‘ylabdi?

Abbosning bo‘y-basti ham, vazni ham to‘g‘ri kelmaydi, umuman tushunarsiz personaj, deyishgandi.

Amalda Fpayzullayev chempionatning eng asosiy kashfiyoti bo‘ldi. Har kim nimalarga qodirligini ana shunday joyida isbotlashi kerak.

Vladimir Ponomaryov, SSKA sobiq futbolchisi:

Fayzullayev “armiyachilar” safida mavsumni munosib darajada o‘tkazdi. Ko‘p jihatdan uning xizmatlari evaziga SSKA chempionatda eng ko‘p gol urgan jamoaga aylandi.

Abbos hali yosh va yana o‘sishda davom etadi. Fayzullayevni 10 million yevrodan kamiga transfer qilmaslik kerak. Agar qaysidir klub uni olishni qattiq istayotgan bo‘lsa, shunga yarasha yaxshigina xarajat qilsin. Eng yaxshisi – Abbosni jamoada saqlab qolish.

Aleksandr Bubnov, “Spartak”, “Dinamo” va Fransiyaning “Red Star” jamoasi sobiq futbolchisi:

Chempionatning eng zo‘r uch nafar hujumkor futbolchisi Eduard Spersyan (“Krasnodar”), Abbosbek Fayzullayev (SSKA) va Maksim Glushenkov (“Lokomotiv”) bo‘ldi. Ularning hammasi kreativ, samarador va o‘yinni yaxshi boshqaradi.

Fayzullayev – mavsumning haqiqiy kashfiyoti bo‘ldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fayzullayevni 10 million yevrodan kamiga transfer qilmaslik kerak