«Chelsi» Antuan Grizmann uchun «MYu» bilan kurashga kirishdi

«Chelsi» Antuan Grizmann uchun «MYu» bilan kurashga kirishdi
«Chelsi» Antuan Grizmann uchun «MYu» bilan kurashga kirishdi

Londonning «Chelsi» klubi «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmanni sotib olmoqchi.

Fransiyalik hujumchi madridliklar bilan yangi shartnoma imzolagach, uning tranfer qiymati 100 million yevroga baholangan. Ayni vaqtda Grizmannga «Manchester Yunayted»dan ham qiziqish bor.

«Chelsi» Diego Kostani «Atletiko»ga qaytarishga rozi bo‘lishi mumkin. Faqat buning uchun madridliklar Grizmanni «Chelsi»ga sotishlari lozim bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Grizmann faqat «Atletiko»dan Diego Simeone ketgan taqdirda boshqa jamoaga o‘tishi mumkinligini aytgan edi.

Manba: Fut.uz
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar