
Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy jamoasining iyun oyidagi yig‘iniga kelib qo‘shildi va Turkmaniston hamda Eronga qarshi o‘yinlar oldidan fikrlarini bildirdi.
«Barchamiz a’lo kayfiyatdamiz, ko‘pchilik jamoasi safida mavsumni yakunlab, milliy jamoaga keldi. Ha, biz JCH-2026 2-saralash bosqichida guruhdan chiqish vazifasini bajarganmiz, shunga qaramay 1-o‘rinni egallash biz uchun muhim. Bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.
Keyingi mavsumni qayerda o‘tkazaman? «Roma» bilan shartnomam bo‘yicha «Kalyari»dan yana Rim klubiga qaytdim. Buyog‘iga nima bo‘lishini ko‘ramiz.
Olimpiadaga boramanmi? Chaqirishsa boramiz (kuladi). Klub ham ruxsat berishi kerak. Murabbiy istasa, Olimpiadaga borish men uchun sharaf bo‘lardi.
Turkmaniston 3-o‘rinni egallash uchun ham ochko uchun ko‘proq harakat qiladi. Ammo biz uyda yutishimiz shart deb o‘ylayman. Eron bilan bahs o‘ziga xos derbiga aylanadi, deb o‘ylayman. Shu bois bu bahs ham biz uchun juda muhim.
«Ozodi»dagi bosim? Ha, u yerda bir marta o‘ynaganman, ammo yutish uchun bunga e’tibor bermaslikka harakat qilamiz», - dedi Shomurodov.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 6 iyun kuni Toshkentda Turkmanistonga qarshi, 11 iyunda esa safarda Eronga qarshi maydonga tushadi. Eron va O‘zbekiston Ye guruhida dastlabki ikki o‘rinni egallab, hal qiluvchi bosqichga chiqish masalasini hal qilib ulgurgan. Bu bahslardan keyin guruh g‘olibi nomi ma’lum bo‘ladi. Har ikki jamoa hisobida 10 ochkodan mavjud. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar