date
views 320

Abduqodir Husanov "qimmatladi", Otabek Shukurov va Aziz G‘aniyev esa "arzonladi"

Abduqodir Husanov "qimmatladi", Otabek Shukurov va Aziz G‘aniyev esa "arzonladi"
O‘zbekiston terma jamoasi hamda “Lans” himoyachisi Abduqodir Husanovning narxi ko‘tarildi. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining narxi 2,5 million yevroga yetgan. Bu uning avvalgi narxidan 500 mingga qimmatroq.

Foto: Transfermarkt
Husanov hozirda O‘zbekiston futbolchilari o‘rtasida eng qimmat to‘rtinchi futbolchiga aylandi. Turkiya klubida o‘ynayotgan Otabek Shukurovning narxi 2,5 million yevrodan 2,2 million yevroga kamaygan. Futbolchi qiymati bo‘yicha beshinchi o‘rinda bormoqda. “Shabob al-Ahli” futbolchisi Aziz G‘aniyev ham 500 ming yevroga arzonlagan. Portal futbolchini 3 million yevroga baholagan.

Foto: Transfermarkt
Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov 2023 yilning yozida Fransiya klubiga o‘tdi. Uning klub bilan 4 yillik shartnomasi mavjud. Joriy mavsumda Husanov 9 ta o‘yinda ishtirok etdi.

Abduqodir Husanov O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining muvaffaqiyatli ishtirokiga ham o‘z hissasini qo‘shdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Husanov "qimmatladi", Otabek Shukurov va Aziz G‘aniyev esa "arzonladi"