date
views 104

Bokschilarimiz Rossiyaning Sochi shahrida Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rishadi

Bokschilarimiz Rossiyaning Sochi shahrida Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rishadi
4-22 iyun kunlari Rossiyaning Sochi shahrida O‘zbekiston boks bo‘yicha erkaklar milliy terma jamoasi Xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

To‘lqin Qilichev boshchiligidagi vakillarimiz uchun ushbu yig‘in, Parij-2024 Olimpiada o‘yinlariga muhim tayyorlov vazifasini o‘tab beradi.

Sochiga yo‘l olgan bokschilarimiz tarkibi bilan tanishing:

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov
-57 kg: Abdumalik Halokov
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev
-71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
-71 kg: Javohir Abdurahimov
-75 kg: Javohir Ummataliyev
-80 kg: To‘rabek Habibullayev
-80 kg: Fazliddin Erkinboyev
-86 kg: Shohjahon Abdullayev
-92 kg: Lazizbek Mullojonov
-92 kg: Diyorbek Uralov
-92 kg: Madiyar Saidrahimov
+92 kg: Jahongir Zokirov
+92 kg: Bahodir Jalolov

Murabbiylar: To‘lqin Qilichev, Xuan Enrike, Rahmatjon Ro‘ziohunov, Farrux Qilichev, Davron Gafurov, Ziyatdinbek Toygonbayev, Yergali Yarashov, Po‘latjan Shahbazov, Akmal Hasanov, Alisher To‘ychiyev.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bokschilarimiz Rossiyaning Sochi shahrida Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rishadi