
Og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni, ukrainalik Aleksandr Usik pound-for-pound reytingi a’zolari - meksikalik Saul Alvares (61-2-2, 39 KO) va amerikalik Terens Krouford (40-0, 31 KO) o‘rtasidagi ehtimoliy jang haqida o‘z fikrini bildirdi.
"Terens mening do‘stim, lekin u aqldan ozgan yigit. Menimcha, bu to‘qnashuvda Terens g‘alaba qozonadi. Chunki u ikkita pozitsiyada ishlay oladi va juda ham aqlli”, - dedi Usik The 3 Knockdown Rule podkastida.
Amerikalik Terens Krouford 36 yoshda. U yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni (61,2 kg gacha) hisoblanadi. U shuningdek, birinchi yarim o‘rta vazn toifasida mutlaq chempion (63,5 kg gacha) hamdir.
2023 yil 30 iyul kuni Krouford hamyurti Errol Spensni to‘qqizinchi raundning boshidayoq nokautga uchratib, yarim o‘rta vazn toifasida (66,7 kg gacha) mutlaq chempion bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar