173
Nodirbek Abdusattorov: Dunyoning top-10 shaxmatchisi ishtirok etadigan turnirda yurtimiz sharafini himoya qilaman
O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan "UzChess Cup" turniri "Masters" guruhida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 2-turda Shaxriyar Mamedyarovni taslim etganidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Kayfiyat yomon emas. Birinchi kundan jarayon ajoyib bo‘ldi. Aynan mana shu musobaqa uchun qanday debyut sistemalar tayyorlab keldingiz. Tayyorgarlik jarayoni haqida gapirib bering.
- Bu musobaqaga tayyorgarlik Polshadagi musobaqadan keyin boshlandi. Albatta, raqiblarimni o‘yinlarini tahlil qildim. Ularning ko‘pchiligiga qarshi o‘ynaganman va har bir musobaqada ularni kuzatib boraman. Bu yilgi raqibimga qarshi yanvar oyida ham dona surgandim. Albatta, oson bo‘lmagandi. Mazkur turnirga tayyorgarlik jarayoni o‘zgacha bo‘ldi. Sababi, musobaqa o‘z yurtimizda bo‘lyapti. Shu sababli, bu bizga qo‘shimcha motivatsiya bermoqda. O‘ylaymanki, mazkur turnir Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rishimizda ham bizga yordam beradi.
- Turnir atmosferasi haqida nima deya olasiz?
- Musobaqaning tashkiliy jihatlariga keladigan bo‘lsak, yuqori baho bergan bo‘lardim. Sababi, kelgan barcha grossmeysterlar bilan gaplashib ko‘rganimda, sharoitlar ularga ham yoqqaniga guvoh bo‘ldim. Jumladan, oziq-ovqat va turar-joy ham ular uchun juda qulay. Bu musobaqa ilk bora tashkil qilinyapti. Kelajakda turnirga e’tibor yana ham oshadi va eng yaxshi musobaqalar qatoridan joy oladi.
- Rejalaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz. Sizni qayerlarda ko‘ramiz?
- Ushbu turnirdan 10 kun o‘tgach, Ruminiyada seriyali "Grand chess tour"da o‘ynayman. Mazkur turnirda dunyoning eng kuchli top-10 shaxmatchisi qatnashadi va men ushbu musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilaman.
- O‘zbekistonning 10 yildan keyingi shaxmatini qanaqa tasavvur qilasiz?
- O‘zbekiston shaxmat rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Ushbu sport turi bo‘yicha biz boy tarixga egamiz. Mustaqillikdan keyin 1992 yilda bizning shaxmatchilar Olimpiadada kumush medal olishgan. Shu natijadan ruhlanib, 2022 yilda chempion bo‘ldik. Bu kabi g‘alabalar keyingi avlod vakillarini ham katta g‘alabalarga ruhlantiradi va hali yangidan-yangi chempionlar yetishib chiqadi.
- Raqibingiz bilan yanvarda to‘qnash kelganingizni aytdingiz. U bilan ikkinchi marta uchrashganingizda o‘zingiz uchun qandaydir yangiliklarni kashf qildingizmi yoki jarayon biroz oson bo‘ldimi?
- Top darajadagi shaxmatchilar bilan o‘ynash juda qiyin. Ular eng yomon holatida ham juda xavfli. Bu safargi raqib o‘yinni qanday boshlashini tahlil qildim va mazkur tayyorgarlik menga katta ustunlik berdi.
Qayd etish lozim, uchinchi turda Abdusattorov hamda Yakubboyev Nodirbeklar o‘z o‘yinlarini o‘tkazishdi. Unda do‘stlik g‘alaba qozondi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»