
Kecha, Xitoyning Foshan shahrida professional boks kechasi tashkil etildi. Mazkur boks oqshomida o‘zbekistonlik Kamron Eshmatov ham ringga ko‘tarildi.
Javlon Eshmatov hamda Sardor Razzaqov shogirdi bo‘lgan yurtdoshimiz ugandalik mag‘lubiyat bilmay kelayotgan David Ssemujjuga (5-0) qarshi bahs yuritdi. 8 raundlik qilib belgilangan ushbu qarama-qarshilik to‘liq davom etdi.
Yakunda, raundlar mobaynida yaqqol ustunlik qilgan hamyurtimiz haqli tarzda g‘alaba qozondi va raqibiga 5 g‘alabali seriyadan so‘ng, ilk mag‘lubiyatni taqdim etdi.
E’tiborli jihati, yurtdoshimiz 7 ta jangini yengil vazn (61,2 kg) toifasida o‘tkazgandi. Bu safar esa yarim o‘rta vazn (66,6 kg) toifasida ringga ko‘tarildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar