14:40 / 10.06.2024
163

“Uzchess Cup”. Nodirbek Abdusattorov derbida mag‘lub bo‘ldi

“Uzchess Cup”. Nodirbek Abdusattorov derbida mag‘lub bo‘ldi
Foto: “Uzchess”
O‘zbekistonda ilk bor mukofot jamg‘armasi 166 ming AQSH dollarini tashkil etadigan “Uzchess Cup” turniri qizg‘in davom etmoqda.

Yakshanba, 9 iyun kuni turnirning 4-tur bahslari bo‘lib o‘tdi. “Masters” guruhida O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov hozirda FIDE reytingida 60-o‘rinda joylashgan, O‘zbekistonning ikkinchi raqamli shaxmatchisi Javohir Sindorovga qarshi dona surdi. Murosasiz o‘tgan o‘yinda Javohir Nodirbek Abdusattorovni mag‘lubiyatga uchratdi. “Masters” guruhida ishtirok etayotgan yana bir shaxmatchi Nodirbek Yakubboyev Magsoodloo Parhamni mag‘lub etdi.

Foto: “Uzchess”
Yakubboyev ushbu g‘alabadan so‘ng 3 ochko to‘plab, hozirda “Masters” guruhida yetakchilikni qo‘lga olgan. Sindorov 2,5 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, 4 uchrashuvdan 2 ochko to‘plagan Nodirbek Abdusattorov 5-o‘rinda bormoqda.

“Challangers” guruhida qatnashayotgan O‘zbekiston terma jamoasi sardori Jahongir Vohidov Indjich Aleksandar bilan durang o‘ynadi. Shamsiddin Vohidov va Mustafa Yilmaz ham murosa yo‘lini tanladi.

Foto: “Uzchess”
Ushbu guruhda serbiyalik Indjich Aleksandar — yetakchi. Uning hisobida 3 ochko mavjud. Shamsiddin Vohidov (2,5 ochko) hamda Jahongir Vohidovlar (2 ochko) mos ravishda keyingi o‘rinlarni egallab turibdi.

Foto: “Uzchess”
“Futures” guruhida O‘zbekistonning uch shaxmatchisi yetakchilik qilmoqda. Suyarov Muhammadzohid 4 uchrashuvdan 3,5 ochko to‘plagan holda birinchi o‘rinda bormoqda. Madaminov Muhiddin hamda Saydaliyev Saidakbar 2,5 ochko bilan keyingi o‘rinlarni bo‘lishib turibdi.

Foto: “Uzchess”
Bugun, 10 iyun sanasida musobaqaning 5-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Eronlik Maghsoodloo uchinchi bor o‘zbek bokschisiga raqiblik qiladi. Bu safar Javohir Sindorov eronlik bokschiga qarshi o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadi. Abdusattorov Grischuk Aleksanderga qarshi o‘ynasa, Nodirbeklarning ikkinchisi —Yakubboyev Shakhriyar Mamedyarovga qarshi dona suradi.

Musobaqa 15 iyungacha davom etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Uzchess Cup”. Nodirbek Abdusattorov derbida mag‘lub bo‘ldi