171
Yevro-2024. Mirjalol Qosimov: “Musobaqa favoriti va chempionlik? Bu savolga 15 iyul kuni erta tongda javob berishim mumkin”
O‘z vaqtida nufuzli xalqaro musobaqalar ishtirokchisi bo‘lgan, o‘smirlar o‘rtasida Jahon va Yevropa chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi, hozirda Olmaliqning OKMK klubi jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bilan bo‘lajak Yevro haqida suhbatlashdik.
- Yevropa chempionatida kimga muxlislik qilasiz va nima uchun?
- Menga ko‘proq ispaniyaliklarning o‘yin uslubi yoqadi. Shu boisdan ham, Ispaniya terma jamoasiga muxlislik qilaman.
- Bu musobaqada qaysi terma jamoadan kutilmagan natija kutyapsiz?
- Ko‘pchilik bu safar Italiya terma jamoasini jiddiy qabul qilmayapti. Jumladan Joze Mourino ham italiyaliklarni g‘olib sifatida ko‘rmayotganini aytdi. Lekin men Italiya terma jamoasini anchadan beri kuzatib kelaman va Appenin yarim oroli vakillari har qanday kuchsizlangan tarkib bilan ham mo‘jiza ko‘rsatishi mumkinligiga bir necha bor guvoh bo‘lganman. Shuningdek, Belgiya va Portugaliya terma jamoalaridan ham syurpriz kutish mumkin.
- Birinchi ko‘rgan Yevropa chempionatingiz qaysi bo‘lgan, uni qanday xotirlaysiz?
- Ko‘z ochib ko‘rgan ilk Yevropa chempionatim 1987 yil o‘smirlar o‘rtasida Fransiyada bo‘lib o‘tgan qit’a chempionati hisoblanadi. O‘shanda biz, ya’ni sobiq Ittifoq terma jamoasi finalda Italiya termasiga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lganmiz. Lekin, keyinchalik, italiyaliklar tarkibida yoshi katta o‘yinchi borligi aniqlanib, ularning chempionligi bizga olib berilgan. Shu bois, 17 yoshimda ham Yevro, ham Jahon chempioni bo‘lish nasib etgan.
- Kattalar o‘rtasida ilk marta ko‘rgan Yevropa chempionatingiz qaysi bo‘lgan?
- 1988 yil Germaniyada bo‘lib o‘tgan qit’a birinchiligi. O‘shanda biz muxlislik qilgan SSSR terma jamoasi ajoyib o‘yin ko‘rsatib, finalgacha yetib borgan. Finalda esa undan-da ajoyib o‘yin namoyish qilgan Gollandiya termasi 2:0 hisobida zafar quchib, chempionlikni qo‘lga kiritgan. Marko van Bastenning Rinat Dasayev darvozasiga urgan super goli hali ham ko‘z o‘ngimda saqlanib qolgan.
- Musobaqa favoriti kim? Kimda chempionlik uchun imkoniyat yuqori?
- Bu savolga 15 iyul kuni erta tongdan aniq javob berishim mumkin (kuladi). Taxmin va prognozlarni yoqtirmayman. Lekin fikrimcha, Angliya, Fransiya, Ispaniya va Germaniya termalari favoritlar qatorida bo‘lishadi.
Muallif: Iskandarov Abdulaziz
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»