JCH-2026 saralashi. Kuper boshchiligidagi Suriya Yaponiyaga mag‘lub bo‘ldi va keyingi bosqichga chiqa olmadi

Jahon chempionati saralashi doirasida Yaponiya o‘z maydonida Suriya termasini qabul qildi.
Xiroshima shahridagi "Edion Peace Wing Hiroshima" stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda "samuraylar" raqibngi yanchib tashlashdi — 5:0.
Mezbonlar safida Ayase Ueda, Ritsu Doan, Yuki Soma va Takumi Minamino gol urishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa, Tayer Kruma avtogol sohibiga aylandi.
Ushbu mag‘lubiyatdan keyin Suriya keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini to‘liq yo‘qotdi va guruhda uchinchi bo‘lib qolib ketadigan bo‘ldi.
Turnir jadvali

JCH-2026 saralashi. 6-tur
Yaponiya - Suriya 5:0
Gollar: Ayase Ueda (13); Ritsu Doan (19); Tayer Kruma (avtogol, 21); Yuki Soma (penaltidan 73), Takumi Minamino (85). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing