Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Amir G‘alinoi JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi O‘zbekistonga qarshi o‘yindan keyin (0:0) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"So‘nggi soniyalarga qadar qo‘llab-quvvatlagani uchun muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Shogirdlarimga ham alohida rahmat aytmoqchiman. Gonkongga qiyin sharoitda 20 soatlik parvoz amalga oshirdi, bu ko‘pchillikka o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Qolaversa, chempionat yakuniga yetib, ko‘pchilik ta’tilga chiqqandi. Shunga qaramay, har ikki o‘yinda bor kuchini namoyish etgan futbolchilarga tashakkur izhor qilaman. Birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynay olmadik, bunga charchoq sabab bo‘lishi mumkin. Ikkinchi bo‘limda esa vaziyatlarni golga aylantira olmadik.
Biz yaxshi o‘ynadik, biroq keyingi bosqichda bundan yaxshiroq o‘yin namoyish etishimiz kerak. O‘zbekistonni so‘nggi yillarda futbolga yaxshi sarmoya kiritib, salmoqli natijalarga erishayotganini aytib o‘tish joiz. O‘zbekiston o‘sishga erishdi. Eronda to‘p tepayotgan ikki nafar futbolchi chempion va vitse-chempionga aylandi", — dedi eronlik mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»