
"Yevro-2024" turnirini ochib beruvchi Germaniya - Shotlandiya bahsi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Shotlandiya bosh murabbiyi Stiv Klark ham ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.
"Barcha g‘alaba qozonishni istaydi, Germaniya ham, biz ham, qolganlar ham, Mening oilam shu yerda bo‘ladi va ular o‘yindan zavqlanishadi, degan umiddaman. Qanchalik tayyor ekanligimizni maydonda bilib olasiz", dedi 60 yoshli mutaxassis.
Shotlandiya ushbu turnirga biroz yomon kayfiyatda yetib kelmoqda. Germaniya esa ancha o‘ziga kelib olgan va favoritlar qatorida bo‘lib turibdi.
Ma’lumot uchun, ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:00da start oladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar