
Germaniya mezbonlik qilayotgan Yevropa chempionatida statistika ekspertlari qaysi ligadan qancha futbolchi ishtirok etayotganini hisoblab chiqdi.
Unga ko‘ra, birinchi o‘rinda Angliya Premer-ligasi qayd etildi. Bu chempionat vakillaridan 96 nafari “Yevro-2024”da turli terma jamoalar sharafini himoya qiladi.
A Seriya klublarida o‘ynayotgan 91 nafar futbolchi o‘z terma jamoalari safida Germaniyaga kelgan.
Uchinchi ko‘rsatish, Bundesligaga tegishli bo‘lib, nemislar chempionatidan 77 nafar futbolchi qit’a miqyosidagi turnirda ishtirok etmoqda.
Kuchli beshlik ligalari borasida Ispaniya 57 va Fransiya 28 nafar o‘yinchini qit’a chempionatiga yubordi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar